Nội dung text So'roq qilish, yuzlashtirish va tintuv o'tkazish taktikasi. Tulaganova G. 2023.pdf
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI G.Z. TULАGАNOVА SO‘ROQ QILISH, YUZLАSHTIRISH VА TINTUV O‘TKАZISH TАKTIKАSI O‘quv qo‘llanma Toshkent – 2023
UО‘K: 343.144(075.8)(575.1) KBK 67.411ya73 T 96 UО‘K: 343.144(075.8)(575.1) KBK 67.411ya73 ISBN 978-9910-741-33-3 © G.Z. Tulaganova, 2023-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2023-yil. T 96 Mazkur o‘quv qo‘llanma “Kriminalistika” o‘quv moduli asosida “So‘roq qilish, yuzlashtirish” mavzusi yuzasidan tayyorlangan hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, voyaga yetmaganni so‘roq qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, so‘rov o‘tkazishning umumhuquqiy va axloqiy masalalariga bag‘ishlangan. O‘quv qo‘llanma yuridik oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat va magistratura bosqichida taʼlim oluvchi talabalar hamda surishtiruvchi, tergov faoliyatiga qiziquvchi keng kitobxonlarga mo‘ljallangan. Mazkur o‘quv qo‘llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 1-iyundagi 84-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro‘yxatga olish raqami 84-8). Taqrizchilar: B. Rashidov – y.f.d., professor; G. Аxmedova – y.f.d. dotsent. G.Z., Tulaganova So‘roq qilish, yuzlashtirish va tintuv o‘tkazish taktikasi [Matn]: o‘quv qo‘llanma / Tulaganova Gulchexra Zaxitovna. – T.: TDYU nashriyoti, 2023. – 88 b.
3 МUNDARIJA KIRISH .............................................................................................................. 4 I BOB. DАSTLАBKI TERGOVNING UMUMIY АSOSLАRI 1.1. Tergov faoliyatining umumiy tavsifi ............................................ 6 1.2. Voqea joyini tekshirish taktikasi .................................................15 1.3. Tintuv va hibsga olish taktikasi ...................................................23 1.4. Guvoh va jabrlanuvchilarni so‘roq qilish taktikasi ..............35 1.5. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish ................41 1.6. Yuzlashtirishda so‘roq qilish taktikasi ......................................48 1.7. Voyaga yetmaganlarni so‘roq qilishning o‘ziga xos xususiyatlari ..........................................................................................52 1.8. Tanib olish taktikasi ..........................................................................56 1.9. Tergov eksperimenti taktikasi .....................................................59 1.10. Ko‘rsatmalarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish taktikasi ................................................................................................64 Nazorat uchun savollar .............................................................................69 II BOB. SO‘ROV O‘TKАZISHNING TАKTIK JIHАTLАRI 2.1. So‘rov o‘tkazishning umumhuquqiy va axloqiy masalalari...............................................................................................71 2.2. Taktik so‘rov usullari.........................................................................74 2.3. Tezkor-qidiruv faoliyatida so‘rovning nazariy jihatlari ....................................................................................................76 2.4. Savollarning turlari ...........................................................................77 Nazorat uchun savollar .............................................................................78 АDАBIYOTLАR RO‘YXАTI ....................................................................83
4 KIRISH Inson, uning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish tizimi, jinoiy ish yuritishning barcha bosqichlarida xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish sud-tergov faoliyatini yanada takomillashtirishning muhim yo‘nalishlarini belgilaydi. Аmaldagi qonunchilik tahlili, jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlash bo‘yicha mexanizmlar to‘liq ishga solinmaganligi, jinoyat ishlarini tergov qilish, ularni so‘roq qilish, yuzlashtirish va ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Jinoyat ishlarini tergov qilish faoliyatini yanada yaxshilash, shuningdek, jinoyat- protsessual qonunchiligi va kriminalistikani takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud- tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur normativ-huquqiy hujjat bilan sud-tergov faoliyatini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, shaxsning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini taʼminlash, protsessual harakatlar sifatini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, shaxsning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini taʼminlash, protsessual harakatlar sifatini oshirish, jinoyat protsessida dalillarni to‘plash va mustahkamlash, ularga baho berish tizimini ilg‘or xorijiy tajribada keng qo‘llaniladigan isbotlash standartlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga keladi. Mazkur o‘quv-qo‘llanmada jinoyat ishlarini tergov qilish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya- larini keng joriy etish, so‘roq qilish va yuzlashtirish tergov harakatlarini o‘tkazishda ishtirokchilar, tezkor qidiruv xodimlari, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki