PDF Google Drive Downloader v1.1


Báo lỗi sự cố

Nội dung text Ekologiya huquqi. To'xtashev H. 2022.pdf

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI H.I. TO‘XTASHEV EKOLOGIYA HUQUQI O‘quv qo‘llanma Toshkent–2022
UDK: 349.6 (075.8)(575.1) BBK T H.I.To‘xtashev Ekologiya huquqi. O‘quv qo‘llanma. H.I.To‘xtashev. – T.: TDYU nashriyoti. “Lesson Press” nashriyoti, 2022-y. – 372 b. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi “O`quv adabiyotlarini nashrga tavsiya etish to`g`risida”gi 412-um-son buyrug’i asosida nashrga tavsiya qilingan. M a s ’ u l m u h a r r i r : G.Uzakova, yu.f.d., dotsent. T a q r i z c h i l a r : O.X.Narzullayev, Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi professori, yu.f.d. (DSc); A.A.Daminov, Toshkent shahar “GULYAMOV, SADIKOV, PARTNERS” advokatlik firmasi advokati, yu.f.f.d. (PhD) O‘quv qo‘llanma ekologiya va atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish va undan foydalishni huquqiy ta’minlash sohasidagi ilmiy konsepsiyalar, sohada qabul qilingan dastur va strategiyalarni inoatga olgan olda tayyorlangan bo’lib, uning mavzulari ananaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammo va nuqtaiy nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatimizda ekologik huquqiy munosabatlar obyektlari, subyeklari hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va farqli jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Binobarin, ekologiya huquqining shakllanishi va rivojlanishi, usullari, ekologik nazorat, monitoring va ekspertiza o‘tkazish shartlari va tartibi, ekologik huquqiy javobgarlik, yer, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosini muhofaza qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o‘zgargan hududlar va chiqindi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasini ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng muhim jihatlar yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining talabalari, o‘qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar hamda ekologiya va atrof muhitni huquqiy muhofaza qilish masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan. ISBN 978-9943-0000-0-1 © To‘xtashev H.I., 2022. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2022. © “Lesson Press” nashriyoti, 2022
3 M U N D A R I J A Kirish ............................................................................................................... 4 I BOB. KIRISH: BARQAROR TARAQQIYAT SHAROITIDA EKOLOGIYA HUQUQI......................................................... 7 II BOB. ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA TABIATDAN FOYDALANISH SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI ............................. 34 III BOB. EKOLOGIK MONITORING, EKOLOGIK EKSPERTIZA VA EKOLOGIK NAZORAT .................................................. 53 IV BOB. EKOLOGIK QONUN TALABLARINI BUZGANLIK UCHUN YURIDIK JAVOBGARLIK...................................... 96 V BOB. YER VA SUVDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY TARTIBI........................................ 117 VI BOB. YER OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY TARTIBI ........................ 146 VII BOB. ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI ........................................................... 178 VIII BOB. O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY TARTIBI .......................... 205 IX BOB. MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR VA O‘RMONLARNING HUQUQIY HOLATI .............................................. 237 X BOB.MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH................................... 270 XI BOB. ANTROPOGEN O‘ZGARGAN HUDUDLARDA VA CHIQINDILARDAN FOYDALANISH JARAYONIDA ATROF MUHITNI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH ................................................ 291 XII BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING EKOLOGIYA VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIGI............................................................................ 313 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati................................................................... 367
4 Tabiatga muxabbat insondagi axloqiy salomatlik belgisidir! KIRISH Ma’lumki, bugungi globallashuv sharoitida atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, BMTning butun dunyo miqyosida qabul qilingan 2030 yilgacha “Barqaror rivojlanish” dasturining asosiy yo’nalishlari ekologiya va atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilganligi ham fikrimizning yorqin isbotidir. Binobarin, dunyo miqyosida yerlarning 14,6 foizi muhofaza qilinadigan hudud sifatida belgilanganligi, o'rmonlarining 16 foizi qonuniy ravishda qo'riqlanadigan hududga to'g'ri kelishi, shuningdek 2017-yilda yerdagi biologik xilma-xillik uchun muhim obyektlarning 46 foizi muhofaza qilinadigan hududlarda saqlab qolinayotganligi. Bu 2000-yildagi tabiiy resurslarning holatiga nisbatan ikki barobar kamayib ketganligini ko’rsatadi. Shuningdek, 2018 yilda chuchuk suv biologik xilma-xilligi uchun muhim obyektlarning 43 foizi muhofaza qilingan bo’lsa, bu 2000 yildagi 30 foizdan ko'pni tashkil qiladi. Shu maqsadda, so‘nggi o‘n yilliklarda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik sezilarli darajada oshganini aytib o’tish mumkin. Ayniqsa, atmosfera havosining antropogen ifloslanishi tufayli mintaqaviy iqlim o‘zgarishlari, ya’ni iqlimning elementlari (bosim, harorat, namlik, yog‘ingarchiliklar)da ham salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Hozirgi paytda atmosfera havosining antropogen ifloslanishi natijasida shahar iqlimining uning atrofidagi joylardagi iqlimidan farqi borligi aniqlangan. 2022-yil boshida ikkala qutbda bir vaqtning o‘zida o‘rtacha haroratdan kamida 30°C yuqori harorat kuzatildi. Harorat rekordlari Yevropa , Shimoliy Amerika va dunyoning boshqa ko'plab qismlarida qayd etilgan. Ammo, iqlim va tabiatdagi o’zgarishlar o’z-o’zidan sodir bo’lmayotganligini barchaga ma’lum va tashvishga solmasdan qolmaydi. Yer, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi obyektlari, yer osti boyliklari va atmosfera havosidan nooqilona foydalanish natijasida atrof-tabiiy muhitga va ekologik tizimga salbiy ta’sir o’tkazilmoqda. Shunga ko’ra butun dunyoda global isishning oldini olish, iqlim

Tài liệu liên quan

x
Báo cáo lỗi download
Nội dung báo cáo



Chất lượng file Download bị lỗi:
Họ tên:
Email:
Bình luận
Trong quá trình tải gặp lỗi, sự cố,.. hoặc có thắc mắc gì vui lòng để lại bình luận dưới đây. Xin cảm ơn.