PDF Google Drive Downloader v1.1


Báo lỗi sự cố

Nội dung text Fuqarolik protsessual huquqi. Esanova Z. 2024.pdf

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI Z.N. ESANOVA FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI O‘quv qo‘llanma Toshkent – 2024
UО‘K: 347.9(075)(575.1) KBK 67.410ya73 E 86 UО‘K: 347.9(075)(575.1) KBK 67.410ya73 ISBN 978-9910-788-67-3 © Esanova Zamira Normurotovna, 2024-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2024-yil. E 86 Mazkur oʻquv qoʻllanma fuqarolik protsessual huquqi modulidan maʼruza va seminar (amaliy) mashgʻulotlarni oʻtkazishga moʻljallangan boʻlib, aynan oʻqituvchi va oʻquvchi (talaba, tinglovchi)ga fanni oʻzlashtirishda qulay dastur sifatida tavsiya etiladi. Oʻquv qoʻllanmada mavzu va reja, mantiqiy savollar, kazus va ularning yechimi, darslarni oʻtish uslubiyoti (metodikasi) haqida koʻrsatmalar berilgan. Mazkur qoʻllanma ikki boʻlimdan iborat boʻlib, birinchi boʻlimda fuqarolik protsessual huquqini oʻqitish va oʻrganish metodikasi haqida koʻrsatmalar berilgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimda fuqarolik protsessual huquqining ayrim institutlari haqida qisqacha tavsiflar berilgan. Mazkur oʻquv qoʻllanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 412-um-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro‘yxatga olish raqami – 412-43). Taqrizchilar: I.I. Nasriyev – Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi Fuqaroviy fanlar kafedrasi mudiri, y.f.d., professor. S.S. Zayniyeva – Toshkent viloyati sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi. Esanova, Z.N. Fuqarolik protsessual huquqi [Matn]: oʻquv qoʻllanma / Esanova Zamira Normurotovna. – T.: TDYU nashriyoti, 2024. – 104 b.
3 MUNDARIJA KIRISH ...........................................................................................................................4 I BOʻLIM. “FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI”NI O‘QITISH VA O‘RGANISH USLUBIYOTI 1-mavzu. Fuqarolik protsessual huquqiga kirish ......................................6 2-mavzu. Fuqarolik ishlarining taalluqliligi va sudlovligi ................... 17 3-mavzu. Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari ................... 22 4-mavzu. Fuqarolik protsessida isbotlash va dalillar. Fuqarolik protsessida daʼvo ......................................................... 28 5-mavzu. Sud xarajatlari. Protsessual muddatlar. Protsessual majburlov choralari ......................................................................... 34 6-mavzu. Sudda fuqarolik ishini qoʻzgʻatish. Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash. fuqarolik ishlarini sudda muhokama qilish. Birinchi instansiya sudining qarorlari ............................................................................................... 39 7-mavzu. Buyruq tartibida ish yuritish. Sirtdan ish yuritish .............44 8-mavzu. Sud tomonidan daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladigan ishlar ............................................................................ 49 9-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish ....................................................... 55 10-mavzu. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlari bilan bogʻliq ishlarni yuritish. Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ishtiroki .................................................................. 62 11-mavzu. Sud hujjatlarini qayta koʻrish. sud hujjatlarining ijrosi ............................................................... 68 II BOʻLIM. "FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI"NING AYRIM PROTSESSUAL INSTITUTLARI UMUMIY TAVSIFI 1-mavzu. Ayrim protsessual institutlarni oʻqitish uslubiyoti ............78 2-mavzu. Mavzularni oʻqitishda ayrim pedagogik usullardan foydalanish................................................................................................. Oraliq nazorat uchun topshiriqlar va vazifalar ...............................100 Dissertatsiya tadqiqotlari uchun dolzarb mavzular ......................102
4 KIRISH Mamlakatimizda soʻnggi yillarda ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilab beradigan keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda taʼlim muassasalarida maqsadli dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyatlariga eʼtibor yanada kuchaytirilmoqda. Keyingi yillarda yangi texnologik rivojlanishga oʻtish jarayoni, shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurati, qolaversa, aholining ijtimoiy-iqtisodiy, oʻsib borayotgan muammolarini hal qilish ehtiyoji, ilm-fan sohasida ham raqobatni kuchaytirish zarurati ilm-fan va innovatsiyalar sohasida keng imkoniyatli tadqiqotlar olib borishni dolzarb masalaga aylantirmoqda. Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ilm-fan- ni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida ilm-fan taraqqiyotiga koʻmaklashadigan zamonaviy axborot muhitini shakl- lantirish masalasi kiritildi. Oliy taʼlim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri oʻqitishda innovatsion texnologiyalar va ilgʻor tajriba yutuqlaridan keng foydala- nish, ularni oʻquv jarayoniga joriy etish hamda rivojlangan davlatlar- ning kasbiy taʼlim tajribalarini mamlakatimiz taʼlim tizimiga tatbiq etish orqali taʼlim samaradorligiga erishish hisoblanadi. Shu bois taʼlim muas- sasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayonini ilmiy asosda toʻgʻri rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish, unga innovatsion yondashish, innovatsion taʼlim va axborot texnologiyalaridan foydalanish, professor-oʻqituvchi- lar mahoratini baholash tizimi muhim komponentlardan sanaladi. Hozirda respublikamizda sud-huquq tizimida yurisprudensiya sohasida ham ilm-fanning istiqbolli va yangi yoʻnalishlarini ochish, ushbu sohalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish vazifalari turibdi. Xususan, protsessual huquq tizimida fuqarolik protsessual huquqi, iqtisodiy protsessual huquqi, hakamlik sudlari faoliyati, mediatsiya tartib-taomillarini rivojlantirish, sud faoliyatiga har tomonlama foydali va samara beradigan, nizolarni hal qilishda taraflarga yengillik yaratadigan imkoniyatlarni va bu sohada yangi hamda dolzarb protsessual institutlarni tadqiq etish, ularni fanga, amaliyotga joriy etish mexanizmini kuchaytirish zarurati mavjud.

Tài liệu liên quan

x
Báo cáo lỗi download
Nội dung báo cáo



Chất lượng file Download bị lỗi:
Họ tên:
Email:
Bình luận
Trong quá trình tải gặp lỗi, sự cố,.. hoặc có thắc mắc gì vui lòng để lại bình luận dưới đây. Xin cảm ơn.