Nội dung text Ma'muriy huquq. Gaziyev K, Axrorov A. 2023.pdf
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI K.J. GAZIYEV, A.A. AXROROV MA’MURIY HUQUQ Oʻquv qo‘llanma Toshkent – 2023
UО‘K: 342.9(075.8)(575.1) KBK 67.401ya73 G 14 UО‘K: 342.9(075.8)(575.1) KBK 67.401ya73 ISBN 978-9910-741-12-8 © Gaziyev K.J., Axrorov A.A., 2023-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2023-yil. G 14 Ushbu oʻquv qoʻllanmada maʼmuriy huquq predmeti, subyektlari, manbalari; davlat boshqaruvining maʼmuriy-huquqiy shakllari; maʼmuriy protseduralar va maʼmuriy akt; ommaviy xizmatlar koʻrsatish tartib- taomillari va davlat xizmati; maʼmuriy yustitsiya; maʼmuriy majburlov va maʼmuriy rejimlar; ommaviy maʼmuriyat faoliyatida qonuniylik hamda davlat boshqaruvi sohalarini maʼmuriy-huquqiy tartibga solish kabi masalalar bayon qilingan. Mazkur oʻquv qoʻllanma huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha oliy oʻquv yurti talabalari, yuridik texnikum oʻquvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va ushbu sohaga qiziquvchi kitobxonlar uchun moʻljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 412-sonli buyrug‘iga asosan nashr qilishga tavsiya etilgan (ro‘yxatga olish raqami 412-34). Mas’ul muharrir: Yusupov S.B. – Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent. Taqrizchilar: Axmedova M.T. – Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori (DSc); Nematov J.N. – Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori (DSc). Gaziyev, K.J., Axrorov, A.A. Maʼmuriy huquq [Matn]: oʻquv qo‘llanma / Gaziyev Kozimbek Jovlonovich, Axrorov Adxamjon Asrorkul oʻgʻli. – T.: TDYU nashriyoti, 2023. – 304 b.
3 MUNDARIJA KIRISH .............................................................................................................. 4 1-MAVZU. UMUMIY MAʼMURIY HUQUQQA KIRISH .................... 6 2-MAVZU. DAVLAT BOSHQARUVINING MAʼMURIY- HUQUQIY SHAKLLARI ......................................................36 3-MAVZU. MAʼMURIY PROTSEDURALAR ......................................47 4-MAVZU. MAʼMURIY AKT ...................................................................65 5-MAVZU. OMMAVIY XIZMATLARNI KOʻRSATISH TARTIB-TAOMILLARI .......................................................86 6-MAVZU. DAVLAT XIZMATI ...............................................................99 7-MAVZU. MAʼMURIY YUSTITSIYA ................................................122 8-MAVZU. MAʼMURIY MAJBURLOV. MAʼMURIY REJIMLAR. RUXSAT BERISH TIZIMI ........................146 9-MAVZU. OMMAVIY MAʼMURIYAT FAOLIYATIDA QONUNIYLIK .....................................................................165 10-MAVZU.DAVLAT BOSHQARUVI SOHALARINI MAʼMURIY-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH ............217 GLOSSARY ..................................................................................................232 NAZORAT SAVOLLARI .........................................................................246 KAZUSLAR .................................................................................................252 TESTLAR ...................................................................................................272 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI ..........................301
4 KIRISH Soʻnggi yillarda davlat boshqaruv sohasida boʻlayotgan oʻzgarishlar, maʼmuriy organlarning xususiy shaxslar bilan munosabati davlat organlarining fuqarolarga xizmat qilishi tamoyili asosida shakllanib bormoqda. Maʼmuriy huquq ommaviy huquqning bir tarmogʻi sifa- tida birinchi navbatda uning subyekti, davlat boshqaruv munosabatlari tizimi bilan belgilanadi, chunki davlat bosh- qaruvi jamiyat manfaatlari, ehtiyojlari, maqsadlari, ragʻbat va normalarining toifalari orqali amalga oshiriladi. Maʼmuriy huquq davlat boshqaruvi nazariyasi, boshqaruv- ning umumiy taʼlimoti, boshqaruv siyosati, boshqaruv psixo- logiyasi va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Umuman olganda, maʼmuriy huquq sohasi davlat (ijroiya) boshqaruv sohasidagi munosabatlarini tartibga soladi. Maʼmuriy huquq maʼmuriy faoliyatni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning “taʼsir doirasiga” kiradigan davlat va jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarda qonun ustuvorligini belgilaydi. Maʼmuriy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda, birinchi navbatda, qonunchilik normalari mustahkamligi va aholining huquqiy ongi hamda madaniyati shunga bogʻliqligini ham namoyon etadi. Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitut- siyasida ham davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy boʻli- nishi va samarali ijro hokimiyatining tashkil etilishi, dav- latchilikni mustahkamlash zaruriyati, zamonaviy huquqiy demokratik davlatni barpo etish, davlat boshqaruvi nazariyasi va amaliyotining oʻzgarishi – bularning barchasi siyosiy, ij- timoiy, iqtisodiy va boshqaruv sohasidagi maʼmuriy-huquqiy va maʼmuriy-protsessual oʻzgarishlarni taʼminlashga qara- tilgandir.