Nội dung text Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. 2025.pdf
UО‘K: 347.97.(99(075)(575.1) KBK 67.7ya73 D 46 ISBN 978-9910-666-49-0 © I.B. Djurayev, K.K. Mardonov, S.B. Qodiraliyev, 2025-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2025-yil. D 46 Ushbu darslik Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar moduli boʻyicha sud, prokuratura, surishtiruv va dastlabki tergov organlari, adliya organlari, shuningdek, ichki ishlar, milliy gvardiya va davlat xavfsizlik xizmati organlari kabi huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati va ular toʻgʻrisida amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish, koʻrsatilgan organlarda ishni tashkil etish masalalarini oʻrganadi. Mazkur darslik yuridik akademik litsey oʻquvchilari uchun moʻljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 14-iyundagi 104-um-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro‘yxatga olish raqami – 104-6). Taqrizchilar: D.J. Suyunova – TDYU Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi professori, y.f.d. (DSc); T.X. Xasanov – Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi Jinoyat huquqi kafedrasi oʻqituvchisi, y.f.f.d. (PhD). I.B., Djurayev, K.K., Mardonov, S.B., Qodiraliyev Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar [Matn]: Yuridik akademik litsey o‘quvchilari uchun darslik / I.B. Djurayev, K.K. Mardonov, S.B. Qodiraliyev. – T.: TDYU nashriyoti, 2025. – 376 b.
3 KIRISH Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini taʼminlashga xizmat qildi. Bugungi kunda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirish, sud, prokuratura, surishtiruv va dastlabki tergov organlari, adliya organlari, bojxona organlari, ichki ishlar, milliy gvardiya va davlat xavfsizlik xizmati organlari kabi huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati boʻyicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmoni bilan qabul qilingan, 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi ham aynan mamlakati- mizda istiqbolda amalga oshirilishi lozim boʻlgan sud va huquq- ni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda sud va huquqni muho- faza qiluvchi organlar faoliyatini tubdan isloh qilish, tako- millashtirish, ayniqsa, haqiqiy xalqchil tuzilmaga aylanti- rish borasida zarur islohotlar amalga oshirildi va bu borada koʻplab qonunlar qabul qilindi. Amalga oshirilgan mazkur oʻzgarishlarda aynan sud-huquq tizimida olib borilayotgan is- lohotlarning ijobiy samarasi namoyon boʻlmoqda. Shu asosda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunla- riga oʻzgartirishlar kiritilib, sud va huquqni muhofaza qiluv- chi organlar tizimi, faoliyati yoʻnalishlariga vazifalar yuklatil- moqda. Eʼtiboringizga havola etilayotgan ushbu darslik Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitiladigan oʻquv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Darslik sud va huquqni muhofaza
4 qiluvchi organlar moduli boʻyicha toʻliq bilim berishga moʻljallangan boʻlib, unda sud tizimi, tuzilishi va faoliyati, prokuratura, ichki ishlar, milliy gvardiya, davlat xavfsizlik xizmati, bojxona xizmati hamda xorijiy mamlakatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mavzulari yoritilgan. Mamlakatimizda Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar modulida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqiy maqomi, tizimi va asosiy faoliyat yoʻnalishlari batafsil oʻrgatiladi. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari modulida umumiy nuqtayi nazar mavjud boʻlib, ushbu nuqtayi nazar sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy faoliyat yoʻnalishi davlat boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlari, jamoat tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligini mustahkamlash orqali fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻquv modulining maqsadi talabalarda sud hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar haqida aniq tasavvur shakllantirishdan iborat. Sud hokimiyati va huquqni muhofaza qilish faoliyati, uning asosiy yoʻnalishlari, konstitutsiyaviy nazorat, odil sudlov va uni amalga oshiruvchi organlar, sudlarning ichki tashkil etilishi va vakolatlari, prokuror nazorati va prokuratura, jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish haqida eng asosiy bilimlar oʻquv modulining asosiy mazmunini tashkil etadi. Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M. Vosiqova nomidagi akademik litseyda oʻqitiladigan Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar moduli sudlarda, ichki ishlar va prokuratura organlarida va boshqalarda ishlash uchun yuqori malakali mutaxassis tayyorlashda alohida mavqega ega. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar haqidagi bilimlar talaba uchun ham, kasbiy faoliyatda foydalanadigan huquqshunos uchun ham zarurdir.