PDF Google Drive Downloader v1.1


Báo lỗi sự cố

Nội dung text Ehtiyotsizlik orqasida badanga o'rtacha og'ir yoki shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlik. Allanova A. 2024.pdf

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI A.A. ALLANOVA EHTIYOTSIZLIK ORQASIDA BADANGA O‘RTACHA OG‘IR YOKI OG‘IR SHIKAST YETKAZISH UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK O‘quv qo‘llanma Toshkent – 2024
UO‘K: 343.222.4(075.8)(575.1) KBK 67.411ya73 E 99 UO‘K: 343.222.4(075.8)(575.1) KBK 67.411ya73 ISBN 978-9910-788-34-5 ©A.A. Allanova, 2024-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2024-yil. E 99 Ushbu oʻquv qoʻllanmada ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazishning umumiy tavsifi, ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish jinoyatining yuridik tahlili, ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni takomillashtirish masalalari bayon etilgan. Ushbu oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlari talabalari, yuridik taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuv- chilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun moʻljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 4-iyuldagi 107-um-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro‘yxatga olish raqami – 107-29). Masʼul muharrir: F. Xudaykulov – yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori, dotsent. Taqrizchilar: D.A. Hazratov – Qashqadaryo viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi; N. Hamidov – Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti v.b., y.f.f.d., A.A., Allanova Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlik [Matn]: o‘quv qo‘llanma / Allanova Azizaxon Avazxonovna. – T.: TDYU nashriyoti, 2024. – 64 b.
3 MUNDARIJA KIRISH .......................................................................................................................... 4 I MAVZU. EHTIYOTSIZLIK ORQASIDA BADANGA OʻRTACHA OGʻIR YOKI OGʻIR SHIKAST YETKAZISHNING UMUMIY TAVSIFI 1-§. Sogʻliqqa qarshi jinoyatlar tushunchasi va ahamiyati ...................... 7 2-§. Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlik tushunchasi ......................................................................................................13 II MAVZU. EHTIYOTSIZLIK ORQASIDA BADANGA OʻRTACHA OGʻIR YOKI OGʻIR SHIKAST YETKAZISH JINOYATINING YURIDIK TAHLILI 1-§. Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir, ogʻir shikast yetkazish jinoyatining obyektiv belgilari .............................22 2-§. Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir, ogʻir shikast yetkazish jinoyatining subyektiv belgilari .......................... 25 III MAVZU. EHTIYOTSIZLIK ORQASIDA BADANGA OʻRTACHA OGʻIR YOKI OGʻIR SHIKAST YETKAZGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 1-§. Ayrim xorijiy mamlakatlar jinoyat qonunchiligida ehtiyotsizlik orqasida badanga shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik masalalari .....................................................................38 2-§. Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazganlik jinoyatini kvalifikatsiya qilishni takomillashtirish masalalari .....................................................45 XULOSA .......................................................................................................................53 SAVOL VA KAZUSLAR ..........................................................................................54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI ..........................................59
4 KIRISH Davlatimiz rivojlanishining hozirgi zamon bosqichida inson, uning qadr-qimmati, huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida baholanadi. Shu bilan birga, inson huquqlari ustuvorligi jamiyatda yashash qoidalariga rioya etishda fuqarolar oʻrtasida xayrixoh munosabatlar yoʻlga qoʻyilishini, voyaga yetib kelayotgan avlodni tarbiyalashda gʻamxoʻrlarcha munosabatda boʻlishni, aholi salomatligini taʼmin- lovchi shart-sharoitlar yaratib berishni zaruratga aylantiradi. Albatta bu borada fuqarolar tomonidan jamiyatdagi xulq-atvor, xavfsizlik qoidalariga va aholi salomatligini saqlashga qaratilgan qoidalarga rioya etilishi zarur. Shunisi eʼtiborliki, oʻzining istiqloli va taraqqiyot yoʻliga ega boʻlgan davlatimizda inson huquqlarini kafolatlab beruvchi koʻplab meʼyoriy hujjatlar qabul qilingan boʻlib, albatta ular amalda oʻz ijrosini topib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda, sud-huquq sohasidagi islohotlarning ham asosiy maqsadi, inson huquq va erkinliklarni mustahkamlash hisoblanadi. Hozirda oʻsib tobora rivojlanib borayotgan Oʻzbekiston uchun milliy va xalqaro qonun normalari, shu bilan bir qatorda, jinoyat qonunchiligi ham ushbu zamonga mos boʻlishi, yaʼni qonunchiligimizda hech qanday normalarning bir-biriga zid kelmasligi va barcha normalar qonunchiligimizda belgilangan tarzda amalga oshirilib kelishi shart. Bugungi kunda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan adolatli hukm chiqarish, odil sudlovni amalga oshirish davlat siyosatining asosiy boʻgʻinlaridan biri hisoblanadi. Bu oʻrinda Jinoyat kodeksining odillik va insonparvarlik prinsiplari roʻbaroʻ keladi. Chunki jinoyat sodir etgan shaxsga tayinlanadigan jinoiy jazoning miqdori va muddati adolatli va shaxsning ijtimoiy holatlariga mutanosib boʻlishi lozim. 2022–2026-yillarga moʻljal- langan Taraqqiyot strategiyasining 15-maqsadida “davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish” kerakligi keltirib oʻtilgan. Mana shuning uchun ham milliy qonunchiligimizdagi kamchiliklarni bartaraf etib borish va har bir qonunchilik sohasida yangilanishlarni amalga

Tài liệu liên quan

x
Báo cáo lỗi download
Nội dung báo cáo



Chất lượng file Download bị lỗi:
Họ tên:
Email:
Bình luận
Trong quá trình tải gặp lỗi, sự cố,.. hoặc có thắc mắc gì vui lòng để lại bình luận dưới đây. Xin cảm ơn.