Nội dung text Sud ekspertizasini tashkil qilish va o'tkazish masalalari. Alimova R., Otaxo'jayev S. 2009..pdf
SO‘Z BOSHI Sodir bo'lgan jinoyatni ochish va tergov qilishning nazariy asoslarini ishlab chiqishda boshqa huquqiy fanlar orasida kriminalistika asosiy o'rinni egallaydi, desak yanglishmagan bo'lamiz. Hozirgi kunda tergovni muvaffaqiyatli yuritib, odil sudlovni ta'minlashda kriminabstika texnikasiga asoslangan, turli maxsus bilimlami qo‘llash bilan o‘tkaziladigan ekspertizalar salmoqli o‘rin egallaydi. Tergov jarayonida o'tkaziladigan tezkor va tergov harakatlari, jumladan, kriminalistika ekspertizasini tayinlash va o'tkazish murakkab bosqich va uslublardan iboratdir. Hodisa joyidan ish bo‘yicha yig'ilgan turli izlar, moddalar va boshqa obyektlami maxsus bilimning u yoki bu sohalarini qo‘llash yo‘li bilan tadqiqotlar o‘tkazish, natijalarini baholash, ulardan dalil sifatida foydalanish o‘ziga xos bo'lgan ilmiy-nazariy va amaliy uslubiyatlami tashkil etadi. Fan-texnika rivoji kriminalistika fanining taraqqiyoti va takomillashishi uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi va shu sababli kriminalistika texnikasi tarmog'iga kiradigan ekspertizalaming imkoniyatlari kun sayin o'sib, kengayib bormoqda. Mavjud imkoniyatlardan keng va samarali foydalanish, bo'Iajak amaliy xodimlar, ilmiy tadqiqotchilami zarur o‘quv qo'llanma va darsliklar bilan ta'minlash dolzarb masaladir. Binobarin, O'zbekistonda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" dan kelib chiqadigan vazifalar asosida huquqshunos kadrlami tayyorlashga yangicha yondashilmoqda, talablar oshmoqda. Shuning uchun Toshkent davlat yuridik institutida yetuk olimlar va tajribali amaliyotchilami jalb etgan holda yuksak talablarga javob beradigan o'quv qoTlanmalar, darsliklar yaratishni maqsad qilib qo'yganmiz. "Sud ekspertizasini tashkil qilish va o‘tkazish masalalari" deb nomlangan ushbu o‘quv qo'llanma ana shu maqsadni ro'yobga chiharish yo'lida qo'yilgan muhim qadam deb aytish mumkin. Unda kriminalistik ekspertiza tushunchasi, turlari, ulami o'tkazish tartibi, ilmiy asoslari va hal qiladigan masalalar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining H.Sulaymonova nomidagi Respublika ilmiy-tadqiqot Kriminalistika Markazida o'tkazilayotgan ekspertizalar misolida ilmiy yoritilgan. Qo'llanma 8 bob va qator bandlardan iborat bo'lib, talabalarga, barcha huquqshunos mutaxassislar va ilmiy xodimlarga mo'ljallangan. M.H.Rustamboyev, yuridik fanlar doktori, professor.