Nội dung text Ekologiya huquqi. Narzullayev O, Nigmatov A. 2025.pdf
3 KIRISH XXI asrdagi dunyo hamjamiyati oldida turgan muhim masa- lalardan biri global miqyosda inson xavfsizligi, xususan, uning elementi boʻlmish ekologik xavfsizlikni taʼminlashdir. Shuning uchun ekologiya tabiatda organizmlar, jumladan, insonlar va atrof-muhit munosabatlariga doir tushuncha, voqelik, hodisa va jarayonlarni tadqiq qiluvchi fan tarmogʻi, ularga oid bilim be- ruvchi taʼlim yoʻnalishi hamda ular oʻrtasidagi munosabatlarni optimallashtiruvchi amaliyot sohasiga aylangan. Ekologik xavfsizlikka milliy xavfsizlikning asosiy boʻgʻini si- fatida qaralar ekan, u kundalik hayotimizning barcha jabhasini oʻz taʼsir doirasiga qamrab olmoqda. Zero, kishilik jamiyati ri- vojlanar ekan, uning faoliyati muqarrar ravishda atrof-muhit bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham yurtboshimizning ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga qara- ta aytgan har bir soʻzi ekotizimlar xavfsizligiga qaratilgandir. Bugungi kunda ijtimoiy munosabatlarni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish huquq rolini soʻzsiz oshirmoqda. Chunki insoniyatning barqaror rivojlanishi barcha davlatlarning ichki va tashqi ekologik funksiyalarini tinch yoʻl bilan hal qilinadigan huquqiy tartibga solish metodlarini qoʻllashga chorlaydi. Bu usulning qay darajada afzal ekanligi va insonlarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun nechogʻlik ahamiyat kasb etishini ushbu darslik bilan tanishish davomida anglab olasiz. Darslik nafaqat faktik maʼlumotlarni keltirish, balki milliy yuridik adabiyotlar, chet el olimlarining mazkur sohada erishgan yutuq va kamchiliklarini atroflicha tahlil qilish orqali yozilgan. Fan va taʼlim doimo rivojlanishda, uning yutuqlaridan foydalanib, kelajakda yangi oʻquv adabiyotlarini yaratish nuqtayi nazaridan sizning bildiradigan taklif va mulohazalaringiz foydadan xoli emas, albatta.