Nội dung text Fuqarolik huquqiga kirish. Yuldashev J. 2025.pdf
3 MUNDARIJA KIRISH ............................................................................................................................4 I MAVZU. FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI, PREDMETI, TIZIMI VA TAMOYILLARI ........................................................................................5 II MAVZU. FUQAROLIK HUQUQI MANBALARI ........................................... 11 III MAVZU. FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR. FUQAROLIK HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISH VA HIMOYA QILISH .......................................................................................................................... 18 IV MAVZU. FUQAROLAR – FUQAROLIK HUQUQINING SUBYEKTI SIFATIDA .............................................................................................. 24 V MAVZU. YURIDIK SHAXSLAR VA DAVLAT – FUQAROLIK HUQUQINING SUBYEKTLARI SIFATIDA ........................................................ 41 VI MAVZU. FUQAROLIK HUQUQI OBYEKTLARI ......................................... 77 VII MAVZU. BITIMLAR .......................................................................................... 85 VIII MAVZU. VAKILLIK VA ISHONCHNOMA ................................................. 95 IX MAVZU. FUQAROLIK HUQUQIDA MUDDATLAR VA DAʼVO MUDDATI .................................................................................................................... 99
4 KIRISH Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar barcha yuridik fanlar kabi fuqarolik huquqi fanining oldiga ham katta vazifalar qoʻymoqda. Maʼlumki, fuqarolik huquqi yurisprudensiyaning asosiy fundamental fanlaridan biri hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar tarkibida esa fuqarolik-huquqiy munosabatlar salmoqli oʻrin tutadi. U mulkiy, tashkiliy-huquqiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuridik jihatdan teng huquqlilikka asoslangan mulkiy, shaxsiy va tashkiliy munosabatlar, shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni shartnomaviy va qonuniy usulda tartibga solishda fuqarolik huquqining roli beqiyos. Ushbu fan kundalik yurish-turishimiz, amalga oshiradigan faoliyatimiz, oʻzaro muloqotlar, ehtiyojlarimizni qondirish kabi koʻplab hayotiy munosabatlarni tartibga soladigan, oʻrganadigan huquq sohasi sanaladi. Fuqarolik huquqiga kirish moduli fuqarolik huquqini tavsiflovchi umumiy qoidalar, yaʼni fuqarolik huquqini tartibga solish tushunchasi, predmeti, usullari va xususiyatlari; fuqarolik huquqining tizimlari, tamoyillari, manbalari va tuzilishi; fuqarolik-huquqiy munosabatlar- ning turlari, ularning paydo boʻlishi, oʻzgarishi va tugatilishi asoslari; fuqarolik huquqi subyektlarining huquqiy holati va fuqarolik huquqi obyektlarining huquqiy rejimini oʻrganishga bagʻishlangan. Shu bilan birga, mazkur modulda bitimlar haqidagi nazariy gʻoyalar, vakillik toʻgʻrisidagi qoidalar va ishonchnomaning amal qilish shartlari, daʼvo muddati va muddatlarning oʻziga xos xususiyatlariga alohida eʼtibor berilgan. Fuqarolik huquqini boshlangʻich oʻquv kurslaridan funda- mental oʻquv moduli sifatida oʻrganish huquqiy taʼlimni takomillashti- rish va jamoatchilik bilan munosabatlarning ushbu sohasida yuzaga keladigan amaliy masalalar hamda nizolarni malakali hal qilishga yor- dam beradi. Fuqarolik huquqiga kirish modulining asosiy maqsadi talabalarni fuqarolik huquqining asosiy, umumiy qoidalari va huquqiy normalari bilan tanishtirishdan iborat bo‘lib, ularda modul tavsifida ko‘rsatilgan masalalarga oid bilim va koʻnikmalar shakllantiriladi.