Nội dung text Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. 2025.pdf
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI I.B. DJURAYEV, K.K. MARDONOV, S.B. QODIRALIYEV SUD VA HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR Darslik (Yuridik akademik litsey o‘quvchilari uchun) Toshkent – 2025
3 KIRISH Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini taʼminlashga xizmat qildi. Bugungi kunda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirish, sud, prokuratura, surishtiruv va dastlabki tergov organlari, adliya organlari, bojxona organlari, ichki ishlar, milliy gvardiya va davlat xavfsizlik xizmati organlari kabi huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati boʻyicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmoni bilan qabul qilingan, 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi ham aynan mamlakati- mizda istiqbolda amalga oshirilishi lozim boʻlgan sud va huquq- ni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda sud va huquqni muho- faza qiluvchi organlar faoliyatini tubdan isloh qilish, tako- millashtirish, ayniqsa, haqiqiy xalqchil tuzilmaga aylanti- rish borasida zarur islohotlar amalga oshirildi va bu borada koʻplab qonunlar qabul qilindi. Amalga oshirilgan mazkur oʻzgarishlarda aynan sud-huquq tizimida olib borilayotgan is- lohotlarning ijobiy samarasi namoyon boʻlmoqda. Shu asosda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunla- riga oʻzgartirishlar kiritilib, sud va huquqni muhofaza qiluv- chi organlar tizimi, faoliyati yoʻnalishlariga vazifalar yuklatil- moqda. Eʼtiboringizga havola etilayotgan ushbu darslik Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitiladigan oʻquv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Darslik sud va huquqni muhofaza