Nội dung text Yer huquqi. Kenjayev R. 2023.pdf
4 Markaziy Osiyo sharoitida yer nihoyatda noyob tabiiy resurs boʻlib, mintaqada ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy, demo- grafik vaziyat, ta’bir joiz boʻlsa, siyosiy barqarorlik ham koʻp jihatdan uning holatiga, undan oqilona va samarali foydalanish darajasiga bevosita bogʻliq. Chunki aholi soni muntazam oshib borayotgan va unga qarshi oʻlaroq, unumdor yerlar miqdori sekin-astalik bilan kamayib borayotgan bir sharoitda mavjud unumdor yer zaxiralaridan oqilona va samarali foydalanish hamda uni muhofaza qilish choralarini koʻrib borish dolzarb muammo, davlat ekologik siyosatidagi markaziy masalalardan boʻlib qolmoqda. Zero, yer ekologik tizimning tarkibiy qismi sifatida atrof-muhit barqarorligini ta’minlash, davlat suvereniteti va iqtisodiyotning moddiy asoslarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir. Yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foyda- lanish, yer mulkdorlari, egalari, yerdan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tad- birlari tizimini yaratish, bu sohada qonun ustuvorligiga erishish jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga molik vazifalaridan biridir. Zero, davlatning iqtisodiy salohiya- ti, jamiyatning moddiy negizi va fuqarolarning farovonligi koʻp jihatdan tabiatning bebaho boyligi hisoblangan yerga nisbatan qonuniylikni ta’minlash, yerdan qonun talablari asosida foyda- lanish, yer qonunchiligi buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, yer muno- sabatlari sohasida huquq-tartibotni ta’minlash kabi vazifalarni hal qilishga bogʻliq boʻladi. Shu sababli ham fuqarolar va yuridik shaxslar yer toʻgʻrisidagi qonunlarni yaxshi bilishlari, ularga ogʻishmay rioya etishlari va amaliyotga toʻgʻri tatbiq qila olishlari lozim. Ushbu oʻquv qoʻllanma aynan ana shu maqsadga xizmat qilishi uchun e’tiboringizga taqdim etilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi milliy qonunchilik tizimini takomillashtirish, mavjud