PDF Google Drive Downloader v1.1


Báo lỗi sự cố

Nội dung text Jinoiy odil sudlov tizimi. Suyunova D. 2024.pdf

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI D.J. SUYUNOVA JINOIY ODIL SUDLOV TIZIMI O‘quv qo‘llanma Toshkent – 2024 (to‘ldirilgan ikkinchi nashri)
UО‘K: 347.9(075.8)(575.1) KBK 67.71(5O‘)ya73 S 98 UО‘K:347.9(075.8)(575.1) KBK 67.71(5O‘)ya73 ISBN 978-9910-788-15-4 © D.J. Suyunova, 2024-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2024-yil. S 98 Mazkur oʻquv qoʻllanmada Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimining tuzilishi, Oʻzbekistonda sud hokimiyatini amalga oshiruvchi sud organlari tushunchasi rivojlanishi va tarixi, ularning tashkil qilinishi hamda vazifalari haqida soʻz yuritilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda ish yuritish, birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining faoliyati, vakolatlari haqida alohida tushunchalar berilgan. Oʻquv qoʻllanma Odil sudlov asoslari fanini oʻrganayotgan bakalavr bosqichi talabalar va odil sudlovni amalga oshirishdagi sudlarning vakolatlari bilan qiziqadigan keng kitobxonalar jamoasiga moʻljallangan. Mazkur oʻquv qoʻllanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 1-iyundagi 84-um-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro‘yxatga olish raqami – 84-15). Taqrizchilar: I.J. Jurayev – TDYU Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, y.f.d.; D.M. Choriyeva – Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi huzuridagi Sudyalar Oliy maktabi yetakchi mutaxassisi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD). D.J., Suyunova Jinoiy odil sudlov tizimi [Matn]: oʻquv qoʻllanma / Suyunova Dilbar Joldasbayevna. – T.: TDYU nashriyoti, 2024. – 120 b.
3 KIRISH Bugungi kunda chinakam mustaqil sud hokimiyatini shakllan- tirish va uning nufuzini oshirish, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari sud orqali kafolatli himoya qilinishiga erishish mam- lakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalish- laridan biri hisoblanadi. Sud-huquq sohasini isloh qilish va liberallashtirish, xususan, sud hokimiyatini demokratlashtirish Oʻzbekistonda insonparvar huquqiy davlat barpo etishning qonuniy shartiga aylandi. Huquqiy normalarni erkinlashtirish va yangilash hosilasi boʻlmish liberallashtirishgina sud hokimiyatining mustaqilligini amalda toʻliq taʼminlash, modernizatsiyalash kafolati hisoblanadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimizning sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipini amalda taʼminlashga qaratilgan izchil va keng koʻlamli islohotlar amalga oshirishni belgi- lab berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev taʼkidlaga- nidek, “Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni bar- po etish yoʻlida mustahkam huquqiy poydevor boʻlib xizmat qiladi”1 . Shundagina sud faoliyati taʼsirchan boʻlib, demokratlashib, insoniylashadi, qonunlarning qatʼiy ijrosi, demak, adolat tantanasi taʼminlanadi. Sud-huquq sohasini tubdan isloh qilish va liberallashtirish oʻlaroq, jamiyatda qonun ustuvorligi taʼminlana boshlaydi, sud tizimi qatorida qonuniylikni va huquq-tartibotni taʼminlovchi prokuratura, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar tizimida ham chuqur islohotlar roʻy bermoqda. Eng muhimi, sud-huquq sohasi qonunchiligi takomillashtirib borilmoqda. Odil sudlovni amalga oshirish sifatining oshayotgani, sudga jazolovchi organ emas, balki fuqarolar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi, adolat tantanasini taʼminlovchi organ sifatida qarash koʻnikmasining shakllanayotgani, demak, odamlarning sud hokimiyatiga, davlatga ishonchi ortayotgani bilan belgilanadi. 1 https://president.uz/uz/lists/view/6277
4 Ushbu oʻquv qoʻllanmada jinoiy odil sudlovda sud organlarining davlat hokimiyati tizimidagi roli, huquqiy maqomi, jinoyat sudlarida ish yuritish, birinchi, apellatsiya, kassatsiya instansiyalarining mazmuni va mohiyati, ularning faoliyati, vakolatlari, sud tizimida amalga oshirilgan islohotlar boʻyicha tushuntirishlar berilgan.

Tài liệu liên quan

x
Báo cáo lỗi download
Nội dung báo cáo



Chất lượng file Download bị lỗi:
Họ tên:
Email:
Bình luận
Trong quá trình tải gặp lỗi, sự cố,.. hoặc có thắc mắc gì vui lòng để lại bình luận dưới đây. Xin cảm ơn.