PDF Google Drive Downloader v1.1


Báo lỗi sự cố

Nội dung text Oila huquqi (savol-javoblar, kazuslar to'plami). 2025.pdf




4 KIRISH Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ–3808-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash” konsepsiyasiga koʻra, davlat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining oʻzaro hamkorligi tizimining aniq ishlashi, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarini soʻzsiz amalga oshirish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash sohasidagi muammolarni oʻz vaqtida aniqlash hamda samarali hal qilish ushbu maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Shu maʼnoda oilaviy-huquqiy munosabatlarni ijtimoiy, iqtisodiy va tabiiy omillardan turib oʻrganish, tahlil qilish va muayyan xulosalar berish oila huquqi fanini oʻqitishning dolzarbligini koʻrsatadi. 1998-yil 30-aprelda qabul qilinib, 1-sentabrdan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Kodeks normalarida mamlakatimizda qurilayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati vazifalarini bajarishga, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida oilalarning barqarorligini taʼminlash tizimini barpo etishga qaratilgan qoidalar oʻz aksini topgan. Oʻzbekistonda taʼlim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ustuvor vazifalardan biridir. Bu esa huquqshunos olimlarimiz zimmasiga tegishli oʻquv fanlari boʻyicha oʻquv adabiyotlarini hozirgi davr talabi va ilm-fanning soʻnggi yutuqlarini hisobga olgan holda yangilab borish vazifasini yuklaydi. Oila huquqi modulini oʻqitishdan maqsad qonun chiqaruvchi organlar tomonidan oʻrnatilgan yuridik normalarni, oilaviy-huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquqiy holatini belgilash, nikoh tuzish tartibi va shartlarini, er-xotinlar, ota-onalar hamda voyaga yetmagan bolalar oʻrtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquq-majburiyatlarni, oila aʼzolarining aliment majburiyatlarini, bolalarni tarbiyalash shakllarini oʻrganishdir. Shuningdek, talabalarda oila qonunchiligi haqida chuqur bilimni shakllantirish,

Tài liệu liên quan

x
Báo cáo lỗi download
Nội dung báo cáo



Chất lượng file Download bị lỗi:
Họ tên:
Email:
Bình luận
Trong quá trình tải gặp lỗi, sự cố,.. hoặc có thắc mắc gì vui lòng để lại bình luận dưới đây. Xin cảm ơn.