Nội dung text Davlat va huquq nazariyasi. Saydullayev Sh. 2024.pdf
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI SH.A. SAYDULLAYEV DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI Darslik Toshkent – 2024
UО‘K: 34(075)(575.1) KBK 67.400ya73 S 22 ISBN 978-9910-666-20-9 © Sh.A. Saydullayev 2024-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2024-yil. S 22 Mazkur darslik davlat va huquq nazariyasi moduli boʻyicha tayyorlangan boʻlib, unda modulning oʻquv dasturi asosida mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar roʻyxati oʻz ifodasini topgan. Darslik oliy yuridik taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalariga hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga moʻljallangan. Masʼul muharrir: M. Ahmedshayeva – yuridik fanlar doktori, professor. Taqrizchilar: M. Najimov – yuridik fanlar nomzodi, professor; N. Javliyev – yuridik fanlar nomzodi, dotsent. Sh.A., Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi [Matn]: darslik / Sh.A. Saydullayev – T.: TDYU nashriyoti, 2024. – 264 b. Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI 3 Davlat va huquq nazariyasi oʻz mohiyatiga koʻra umumna- zariy ahamiyatga ega boʻlgan fundamental yuridik fan hisobla- nadi. U oʻzining vazifalari, funksiyalari, predmet va metodlari yuzasidan yurisprudensiya uchun umumilmiy ahamiyatga ega, shu bilan birga, u davlat va huquqning aynan umumiy, yaʼni muayyan konsepsiyalari hamda tizimlari nazariyasini oʻzida ifoda etadi. Mazkur fan boshqa soha yuridik fanlari uchun naza- riy asos boʻlib xizmat qilishi bilan birga ayni paytda metodolo- gik ahamiyat kasb etadi. Davlat va huquq nazariyasi zamonaviy huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimida yetakchi oʻrinni egallaydi. Ush- bu nazariyaning kelib chiqishi, rivojlanishi, faoliyat yuritishi hamda istiqboli bilan bogʻliq eng umumiy qonuniyatlarni ochib berish barobarida mazkur fan davlat va huquq hodi- salarining tabiatini tushunish, ularning jamiyat rivojlani- shidagi oʻrni va rolini aniqlash imkonini beradi. Shu tariqa davlat va huquq nazariyasi fundamental hamda metodologik fan sifatida davlat tushunchasi, belgilari, tiplari va mohiyati, davlat shakllari, funksiyalari, davlat hokimiyati, mexanizmi, huquq tushunchasi, uning mohiyati va belgilari, prinsipla- ri, funksiyalari hamda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat kabi davlat-huquqiy tushuncha, kategoriyalarini ilmiy bilish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. KIRISH
4 SH.A. SAYDULLAYEV Mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda davlat va hu- quq hodisalarini oʻrganish dolzarb masalalardan biri hisoblana- di. Binobarin, bugungi globallashuv sharoitida ijtimoiy muno- sabatlarning shiddatli rivoji va roʻy berayotgan yangilanish ja- rayonlari, oʻz navbatida, bizni davlat va huquq hodisalariga oid koʻpgina tushuncha va atamalarni zamonaviy voqeliklar asosi- da qayta idrok etish hamda baholashga yoʻnaltirmoqda. Ayni paytda ushbu holat davlat va huquq nazariyasi fani ol- diga qator muayyan vazifalarni qoʻyadi. Bunda davlat-huquqiy borliqning ilmiy inʼikosi sifatida davlat va huquq nazariyasi fani bevosita oʻzida zamonaviy davlat-huquqiy hodisalarning obyektiv holatini, mohiyatini, ularning jamiyat rivojidagi, jum- ladan, qonuniylik va huquqiy tartibotni taʼminlash, jamiyatning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishdagi rolini aks ettiri- shi lozim. Shu bilan birga, fan oʻzining eʼtiborini jamiyatga, xususan, yuridik faoliyatdagi mavjud muammolarni hal etishga, nazari- yaning amaliyot bilan uzviy bogʻliq holda rivojlanishini taʼmin- lashga hamda bugungi kun talablariga mos yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratishi kerak. Bunda fan uzluksiz rivojlanib bo- rishi bilan birga, nafaqat davlat va huquq haqidagi eng yangi yutuqlarni oʻziga singdirishi, balki ijtimoiy voqelikka mos ilmiy- nazariy xulosalar va tavsiyalarni ishlab chiqishi lozim boʻladi. Bundan tashqari, bugungi axborot oqimi shiddat bilan oʻsib borayotgan bir sharoitda talabalarda qisqa, loʻnda va fanning asosiy jihatlarini oʻzida jamlagan oʻquv adabiyotlariga boʻlgan ehtiyoj oshib bormoqda. Shu jihatdan olganda, mazkur darslik ham fan boʻyicha modul oʻquv dasturiga mos ravishda tayyor- langan boʻlib, uning maqsadi talabalar va kitobxonlarning keng doirasiga davlat-huquqiy hodisalarni chuqur oʻzlashtirishlarida yordam berishga qaratilgan.