Nội dung text Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Rustambyev M., Tuxtasheva U. 2012..pdf
УДК 342.56 (575.1) ВВК 67.71 (5 0 ‘) R92 Darslik «Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar» fani bo'yicha o‘quv dasturiga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujuatlari va zamonaviy adabiyot tahlili asosida tayyorlangan. «Sud va huquqni muhofaza qiluvchi oiganlap> fanining predmeti,. asosiy tushunchalar va tizimi; 0 ‘zbekiston Respublikasida Adliya vazirligi, sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash; prokuror nazorati va dastlabki tergov organlari; huquqiy yordamni ta’minlash organlari, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyatining tashkil etilishi kabi masalalar ochib berilgan. Darslik yuridik oliy o‘quv yurtlari va fakultetlari talabalari, aspirantlar, ilmiy xodimlar va o‘qituvchilar, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo‘ljallangan. Tagrizchilar: B.H. PO‘LATOV — yuridik fanlar doktori, pro- fessor; Z.F. INOG‘OMJONOVA — yuridik fanlar doktori, professor. ISBN 978-9943-16-054-5 ) M.H. Rustamboyev, U.A. Tuxtasheva. iToshkent Davlat yuridik instituti, 2012-y. )«ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2012-y.
о ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2 0 у illigiga bag'ishlanadi. KIRISH Yuridik oliy o ‘quv yurtida o'qitiladigan «Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar» fani sudlarda, ichki ishlar va proku- ratura organlarida, advokaturada va boshqalarda ishlash uchun yuqori malakali mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik poydevorini barpo etuvchi maxsus fanlardan hisoblanadi. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar haqidagi bilimlarga ega bo‘lish huquqiy fanlarni anglagan holda va chuqur o'zlashtirish maqsadida talaba uchun ham, keyinchalik kasbiy faoliyatda foydalanish maqsadida bo‘lajak yurist uchun ham zarurdir. «Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar» o‘quv fanining maqsadi talabalarda sud hokimiyati va huquqni muhofaza qi- luvchi organlar haqida aniq tasavvur shakllantirishdan iborat. Asosiy e’tibor sudlarga qaratiladi, chunk! mazkur organlarga ularni hokimiyatning mustaqil tarmog‘i sifatida nomlanishga imkon be- radigan vakolatlar majmuyi taqdim etilgan. Sud hokimiyati va hu- quqni muhofaza qilish faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari, konsti- tutsiyaviy nazorat, odil sudlov va uni amalga oshiruvchi organlar, sudlarning ichki tashkil etilishi va vakolatlari, prokuror nazorati va prokuratura, jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish, advokatura va yuridik yordam ko‘rsatishning boshqa shakllari haqida eng aso- siy bilimlar o‘quv fanining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mantiqiy fikrlash malakalarini shakllantirish, o‘quv kursining asosiy nazariy qoidalarini mustahkamlash, talabalarda qonunchi- likni qoMlash bo‘yicha amaliy malakalarni shakllantirish mazkur fanning vazifalari hisoblanadi. «Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar» fanining o‘rganish predmeti turli muammolarni, jum- ladan, sud hokimiyatining tashkil etilishi, xususan, umumiy yurisdiksiya sudlarining, ya’ni fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman- lararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, harbiy sudlar, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, 0 ‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlarining, 0 ‘z- bekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ishini tashkil etish va ushbu sudlarning vakolatlari, prokuratura organlarining.