PDF Google Drive Downloader v1.1


Báo lỗi sự cố

Nội dung text Konstitutsiyaviy huquq. Husanov O.T. 2020..pdf



UO‘K: 342(575.1)(075.8) КВК: 67.400(5О ‘)уа73 Н 84 Н 84 Husanov О.Т. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. Tohdirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr. - Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2020. - 400 bet. ISBN 978-9943-6390-5-8 UO‘K: 342(575.1)(075.8) КВК: 67.400(5O ‘)ya73 M as’ul m uharrir: A.X. SAIDOV, yu.f.d., akadem ik Taqrizchilar: Sh. Jalilov - yu.f.d., professor X. Ruzmetov - yu.f.d. Sh. Asadov - yu.f.d. В. Musayev - PhD, dotsent Mazkur «Konstitutsiyaviy huquq» fani bo'yicha darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta’lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda «Konstitutsiyaviy huquq» fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuziiishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga shu davrgacha kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e’tiborga olingan. Darslik o‘quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o‘rganishda foydalanishlari mumkin. ISBN 978-9943-6390-5-8 © Husanov O.T., 2020-y., © «Yuridik adabiyotlar publish», 2020-y.
Mazkur darslikni yoshlarga bilim berish va tarbiyalashda uzoq yillar mehnat qilgan otam - Tillaboy Husanov va onam - Gulnora Husanovalarning yorqin xotirasiga bag'ishlayman. Kirish «Konstitutsiyaviy huquq» fani 0 ‘zbekiston Respublikasining huquqiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. Chunki bu fan orqali huquq tizimida yetakchi huquq hisoblanuvchi «Konstitutsiyaviy huquq» o'rganiladi. Konstitutsiyaviy huquq yetakchi huquq tarmog'i bo'lishi bilan birga, alohida o‘z predmetiga ega huquq tarmog'i hamdir. Konstitutsiyaviy huquq normalari jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy masalalarni, ularning asoslarini tartibga soladi. Bular xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish jarayonidan kelib chiqadigan «fuqaro-jamiyat-davlat» o'rtasidagi munosabatlar hisoblanadi. Konstitutsiyaviy huquq - Konstitutsiyaviy tuzum asoslari, shaxsning huquqiy holati asoslari, jamiyat va shaxs munosabatlarini, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi masalalari, hokimiyatni tashkil etish va ularning faoliyati bilan bog'liq masalalarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisidan iborat huquq tarmog'idir. Ana shu masalalar va ularni tartibga soluvchi huquqiy normalar esa, «Konstitutsiyaviy huquq» fanida o'rganiladi. «Konstitutsiyaviy huquq» fani mavjud ijtimoiy munosabatlarga huquq normalarining mos kelishi masalasini o'rganib, ijtimoiy munosabatlarni yanada to'g'ri tartibga solish, ularning rivojlanishiga imkon beradigan huquq normalarini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish bo'yicha taklif ishlab chiqishni maqsad qilib qo'yadi. Konstitutsiyaviy huquq doirasida olib borilgan tadqiqotlar Konstitutsiyaviy munosabatlar va huquq normalarining takomillashuviga olib keladi. Konstitutsiyaviy huquqning ta’lim jarayonidagi vazifasi - Konstitutsiyani o'quvchilarga chuqur o'rgatishdir. Bu fan orqali Konstitutsiyaning ahamiyati, vazifasi, funksiyasi, yuridik tabiati, davlat tuzilishi, hokimiyatni tashkil etish, shaxsning huquqiy holati, jamiyat, fuqaro, davlat munosabatlari o'rganiladi. «Konstitutsiyaviy huquq» fani faqat Konstitutsiyaviy huquq normalarini o'quvchilar ongiga singdirish bilangina cheklanmay, u o'quvchilarda qonunga, Konstitutsiyaviy tuzumga, boshqa fuqarolarga nisbatan hurmat hissini

Tài liệu liên quan

x
Báo cáo lỗi download
Nội dung báo cáo



Chất lượng file Download bị lỗi:
Họ tên:
Email:
Bình luận
Trong quá trình tải gặp lỗi, sự cố,.. hoặc có thắc mắc gì vui lòng để lại bình luận dưới đây. Xin cảm ơn.