Nội dung text Xalqaro xususiy huquq. Umumiy qism. 2021..pdf
Ikkinchi nashr. Kirish so'zi Mazkur kitobning dastlabki nashri ko'plab o'quvchilar uchun mo'ljallangan edi. Dastlabki nashr chop etilganiga ham mana 4 yildan oshdi. Bu orada fuqarolik holati va oilaviy ishlar bo'yicha xalqaro sudlovga tegishlilikni belgilab beruvchi qoidalarni o'zida jamlagan Fuqarolik holatlari yuzasidan sud jarayonlari bo'yicha aktlarning ayrim moddalariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi qonun 2018-yilning (Heisei davri 30-yil) aprel oyida qabul qilindi. Bundan tashqari, bir nechta juda ham muhim bo'lgan pretsedentlar ham chiqarildi. Ushbu ikkinchi nashrda yuqoridagi kabi yangi o'zgarishlarni ham hisobga olib, kitobga bir qancha tuzatishlar kiritdik. Shuningdek, kitobxonlar tomonidan berilgan tavsiyalarni ham inobatga olib, dastlabki nashrdagi ba'zi tushuntirishlarimizga tuzatishlar kiritdik va yanada tushunishga osonroq shaklda taqdim etishga harakat qildik. Mazkur nashrning konsepsiyasi ham dastlabki nashr bilan deyarli bir xil (keyingi betdagi dastlabki nashrning kirish so'ziga qarang). Ammo aynan nimalarga e'tibor qaratish va qanday usullarda ma'lumotlarni taqdim etish yanada samaraliroq bo'li- shi haqida qayta fikrlab ko'rish uchun kelasi nashrlarimizda imkoniyat tug'ilishiga umid qilib qolamiz. Ushbu ikkinchi nashrni tayyorlashda ham katta jonbozlik ko'rsatgan Yuhikaku nashriyotining Kioto filiali xodimi janob Daisuke Ichimuraga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 2018-yil avgust Mualliflar jamoasi