PDF Google Drive Downloader v1.1


Báo lỗi sự cố

Nội dung text Tezkor-qidiruv huquqi. Djurayev I., Karimov V. 2023.pdf

DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI I. DJURAYEV, V. KARIMOV TEZKOR-QIDIRUV HUQUQI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLICI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI I. DJURAYEV, V. KARIMOV TEZKOR-QIDIRUV HUQUQI Darslik Toshkent 2023
UO‘K: 343.98(075.8)(575.1) KBK 67.73ya7 D 46 Taqrizchilar: D. Bazarova - Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlar doktori; B. Pulatov - O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Prokurorlik faoliyati, prokuror nazorati kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori. I., Djurayev, V., Karimov D 46 Tezkor-qidiruv huquqi [Matn]: darslik / Ixtiyor Baxtiyorovich Djurayev, Vahobjon Karimov. - T.: TDYU nashriyoti, 2023. - 352 b. Darslikda tezkor-qidiruv faoliyatining fan va o'quv predmeti sifatida- gi asosiy qoidalari yoritilgan bo'lib, uning asosini O'zbekiston Respublika- sining “Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida”gi, “Prokuratura to'g'risida”gi qonunlari, jinoyat, jinoyat protsessual qonunchiligi va boshqa qonunchilik hujjatlari tashkil etadi. Kitob huquqshunoslik yo'nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, kursantlari va magistrlari hamda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yii 1-iyundagi 84-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 84-10). UO‘K: 343.98(075.8)(575.1) KBK 67.73ya7 ISBN 978-9910-741-14-2 © I. Djurayev, V. Karimov, 2023-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2023-yil.
KIRISH Tarixdan ma’lumki, jinoyatchilikka qarshi kurashishda og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni o'z vaqtida aniqlash, oldini olish, bartaraf etish hamda fosh etish, yashiringan jinoyatchilarni qidirib topish uchun faqat oshkora jinoyat-protsessual va boshqa vositalar yetarli emas. Jarayon boshqa samarador vositalarni qo'llashni taqozo etadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun nafaqat sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, balki jinoiy hodisa va jarayonlar rivojlanishi ustidan nazorat o'rnatish ham muhim vazifadir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun barcha taraqqiy etgan davlatlarda, jumladan, O'zbekiston Respublikasida tayyor- lanayotgan, sodir etilayotgan va sodir etilgan jinoyatlarni nooshkora yo'llar bilan aniqlash, barham berish hamda fosh etish imkonini beruvchi maxsus davlat-huquqiy mexanizmi - tezkor-qidiruv faoliyati (keyingi o'rinlarda - TQF) mavjud. U davlat jinoiy-huquqiy siyosatining muhim qismi hisoblanadi. 2012-yil 25-dekabrda mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirish sohasidagi ustuvor yo'na- lishlarni amalga oshirish doirasida O'zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan. Ush- bu qonunning qabul qilinishi O'zbekistonda huquqiy-demokra- tik davlat barpo etilayotganining amaliy ifodasi bo'ldi. Chunki muqaddam yopiq xususiyatga ega idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga binoan amalga oshirilgan TQFga qonuniy maqom berildi, asosiy vazifalari va prinsiplari qonun darajasida tartibga solindi. Faoliyatni amalga oshiruvchi organlar, ularning huquqi, majburiyatlari hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga daxl qiladigan tezkor-qidiruv tadbirlari (keyingi o'rinlarda - TQT) ni o'tkazish tartibi, asoslari va shartlari belgilab qo'yildi. Amaliyot tajribasidan ma’lumki, TQF qonunchiligi asoslarini bilish surishtiruv, tergov va sud organlarida mazkur faoliyat 3

Tài liệu liên quan

x
Báo cáo lỗi download
Nội dung báo cáo



Chất lượng file Download bị lỗi:
Họ tên:
Email:
Bình luận
Trong quá trình tải gặp lỗi, sự cố,.. hoặc có thắc mắc gì vui lòng để lại bình luận dưới đây. Xin cảm ơn.