Nội dung text Xalqaro ommaviy huquq. Odilqoriyev X.T., Ochilov B.E., 2007. (2).pdf
т . XJ V-.'С В г - и Ш К А 5 Г ST A Q .’L L ’G fM v G -< r/-. ^J-irUiV'Jr B A .G G SB B A N A D f
S O ‘Z B O SH I Xalqaro huquq butun dunyo davladari e’tirof etadigan hamda rioya qiladigan nufuzli yuridik tizimdir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida ham xalqaro huquq, lining umume’tirof etilgan prinsiplari ustuvorligi tan olinishi mustahkam- langan. Buning ma’nosi shuki, 0 ‘zbekiston Respublikasi xalqaro hu- quq prinsiplari va qoidalarining mamlakat milliy huquqidan ustuvor- ligini qat’iy e’lon qiladi. Shu bois xalqaro huquqni mukammal o‘rga- nish va bilish huquqshunoslar hamda barcha ijtimoiy fan sohasidagi mutaxassislaming birinchi darajali vazifasidir. Mustaqil davlatimiz- ning xalqaro maydonga chiqishi va xalqaro munosabatlaming to‘la- qonli ishtirokchisiga aylanishi tegishli xalqaro-huquqiy institutlar va mezonlami puxta o'zlashtirib olinishini talab etadi. So‘nggi yillarda xalqaro huquqning butun dunyo miqyosida xal- qaro munosabatlami adolatli tartibga solish vositasi sifatidagi roli ortib bormoqda. Xalqaro huquq g'oyalari va prinsiplari ta’sirida xal- qaro hamjamiyatda yangicha tafakkur shakllandi: xususan, o'zaro munosabatlarda kuch ishladsh yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilish mafkurasi о‘mini nizolami tinch yo‘llar bilan xalqaro-huquqiy vosita- lar yordamida hal qilish mafkurasi egallamoqda. Xalqaro huquqning mazmun-mohiyatini, ichki tuzilishini, asosiy prinsiplari va tarmoqlarini anglab yetish hamda puxta o‘zlashtirish 0 ‘zbekistonning tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatini, diplomatik aloqalarini amalga oshiruvchi barcha mutasaddi xodimlar, mutaxas- sislar uchun ayni zaruriyatdir. Qolaversa, mazkur soha uchun tayyor- lanayotgan yosh mutaxassis kadrlar xalqaro huquq asoslarini mukam- mal bilishlari lozim. Mazkur darslikning mualliflari ana shu mas’uliyatli hamda o ‘ta dolzarb vazifalami hal etish ishiga muayyan hissa qo'shishga intilib sa’y-harakat qildilar. Darslik xalqaro ommaviy huquq masalalariga bag‘ishlanib unda ushbu o‘quv kursining umumiy tafsifi, tizimi, manbalari, prinsiplari, tartibga solish predmeti (mavzulari), xalqaro- huquqiy normalami amalga oshirish mexanizmi, mazkur fan sohasi va huquq tizimining rivojlanish yo'nalishlari bayon etiladi. 3