PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Huquqiy ko'nikmalar va metodologiya. 2024.pdf




4 juda mushkul ish. Ayniqsa, zamonaviy huquqshunos o‘zaro yozishmalar, ko‘pchilik oldida o‘zini yo‘qotmay nutq so‘zlash, muhokama va muzokaralarni muvaffaqiyatli olib borish malakasiga ham ega bo‘lmog‘i lozim. Hamkasblar bilan til topishib ishlash hamda birgalikda samarali natijalarni qo‘lga kiritish uchun mutaxassis-huquqshunosdan zamonaviy muomala qoidalarini puxta egallash talab etiladi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyevning xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasidagi faol siyosati yaqin kelajakda milliy bozorimizda ko‘pgina transmilliy kompaniyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu kompaniyalar esa zimmasidagi ko‘plab vazifalarni sifatli bajarish barobarida, loyihalar doirasidagi jarayonlarni uquvli boshqara oladigan yuqori malakali huquqshunos kadrlarni ham talab qiladi. Bunday mutaxassislarni tayyorlash, o‘z- o‘zidan, zarur bilimlardan tashqari, kadrlarning bozor sharoitida unumli ishlashini ta’minlaydigan ko‘nikmalarini shakllantiradigan yangi fanlarni o‘quv jarayoniga joriy qilishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, inson hayotida ko‘nikma va malakalar g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Odam ayni malakalarni butun umri davomida o‘zlashtirib, shakllantirib boradi. U yoxud bu malaka hamda ko‘nikmalarning bo‘lmasligi kishining muayyan guruhlardan ajralib qolishiga, jamiyatning ham unga nisbatan befarqligiga olib keladi. Bu yerda gap jamoada ishlash, muloqot va yozuv madaniyati, vaqtni boshqarish, o‘zlikni namoyon qila olish singari muhim insoniy sifatlar, huquqiy ko‘nikmalar haqida bormoqda. Bugungi taraqqiyotning ayni talablaridan kelib chiqib Toshkent davlat yuridik universitetida joriy etilayotgan Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya fani yordamida talabalar odamlar bilan kelishib ishlash, ish beruvchilar tomonidan qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etish orqali yuqori ish unumdorligiga erishishlari tayin. Darslik mualliflari uning yaratilishida yaqindan yordam bergan Toshkent davlat yuridik universiteti mutaxassislariga, jumladan, B. Qosimov, K. Aliyeva, M. Tadjibayeva, A. Sodiqov, G. Ahmedova va U. Abdurahmonovga alohida minnatdorlik bildiradilar. Darslik bakalavriat talabalari, magistrlar, o‘qituvchilar, shuningdek o‘zining professional faoliyatida muvaffaqiyatli karyerasini yarat- moqchi bo‘lgan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.