PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Huquq fanlarni o'qitishda pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Gulyamova G.2022.pdf



UO'K: 347.9(075.8) (575.1) КВК 74.26 67 G 95 Mas'ul muharrir: D.Xashimova p.f.d., prof. Taqrizchilar: M.Qurbonova - f.f.d., prof.; N.J.Niyazova - p.f.n., dots. v.b. Ushbu o'quv qo'llanma yuridik yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlarining magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda ta'lim sohasining dolzarb masalalaridan biri bo'lgan pedagogik texnologiyalar, ularni urnumta'limning tarkibiy qismi hisoblangan yuridik ta'limda qo'llash, dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning nazariy jihatlari, pedagogik texnologiya asoslari, uning tarkibi, tuzilishi, vazifalari, mutaxassislik fanlarini o'qitishda pedagogik kompetentlik, kreativlik, kasbiy mahorat, o'qitish metodikasi, pedagogik qobiliyatlar, shuningdek, pedagogik mahorat xususida so‘z yuritiladi. O'quv qo'llanmada produktiv ta'lim talablari, ta'lim samaradorligini oshiruvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning interfaol metod, vositalari, ulardan o'rinli foydalanishga doir tavsiyalar berilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining davlat ta'lim standartlari va "Huquqiy fanlarni o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar" o'quv kursining namunaviy o'quv dasturi asosida yaratilgan. O'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, magistrlari, akademik litsey hamda yuridik texnikum o'qituvchilari, ta'lim texnologiyalari va o'qitish metodikasi bo'yicha shug'ullanayotgan tadqiqotchilar, shuningdek, malaka oshirish kursi tinglovchilari foydalanishlari mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug'iga asosan 5240100 - Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan. TDYU kengashining 2021-yil 31-martdagi 5-sonli majlisi bilan nashrga tavsiya etilgan. ISBN 978-9943-8598-1-4 © Gulyamova G., 2022-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2022-yil.

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.