PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Kriminalistika. I-jild. 2008..pdf

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZHLI^j TOSHKENT DAVLAT YIRIDIK INSTITUTI KRIMINALISTIKA O’zbekiston Respublikasi Oliy vao'rta maxsus ta'limvazirfc qoshidagi muvofiqiashtiruvchi Kengash qarori bilan huquqshunostlvy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgai I-JILD TOSHKENT-2008
O’zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yurist, yuridik fanlari doktori, professor M.H.Rustambayevning umumiy tahriri va bevosita rahbarligi asosida yozilgan. Kriminalistika. Darslik. I jild. -Т.: TDYI nashriyoti. 2008., 339 bet. Mas4ul muharrir: O’zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, yuridik fanlar doktori, professor F.A.Abdumajidov Jinoyatni tergov qilish va ochish nazariyasining asosini tashkil qiluvchi fanlar qatorida kriminalistika markaziy o'rinni egallaydi. Mazkur darslik kriminalistika fanining to'liq kursini tashkil etadi, mazmuni esa tergov, tezkor-qidiruv va ekspertiza faoliyatining zamonaviy imkoniyatlarini yoritib, amaldagi huquqshunoslik o'quv dasturlariga to'la mos ravishda tayyorlangan. Unda kriminalistika nazariyasi va tergov amaliyotida keyingi yillarda yuz bergan muhim o'zgarishlar, kriminalistik texnika sohasidagi yangi ilmiy vositalar, uslubiy tavsiyalar va murakkab xavfli jinoyat turlari, jumladan, uyushgan jinoyatchilar, xorij fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlami tergov qilish metodlari birinchi marta yoritilgan. Darslikning qator boblari foto tasvirlar, chizmalar bilan jihozlangan. ^ ^ Darslik yuridik oliy o'quv yurtlari talabalari, aspirantlar va ilmiy xodiinlar uchun mo'ljallangan. Mualliflar Abdumajidov F.A. O’zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, yuridik fanlar doktori, professor - 1-2-3 va 11-12-13-14, 20 boblar, Alimova R.A. - yuridik fanlar nomzodi, dotsent - 4, 7-8-9-10, 17, 19, 21-22 boblar; Norboyev A.- yuridik fanlar nomzodi, dotsent - 5, 16, 20 boblar; Zakutskiy A.S.- yuridik fanlar nomzodi, dotsent - 4 va 5 - boblar; Suyarov Q.T.- yuridik fanlar nomzodi, dotsent - 6, 15 boblar; Oripov T.E.- yuridik fanlar nomzodi, dotsent - 13-14, 18 boblar; © Toshkent davlat yuridik instituti, 2008-y.
1-bo'lim. KMMINALISTIKA FANIGA KIRISH 1-BOB. KRIMINALISTIKA FANI, UNING VAZIFALARI, TIZIMI, YURIDIK VA BOSHQA FANLAR BILAN ALOQALARI l-§. Kriminalistika fani va uning vazifalari Kriminalistika jinoyatchilikni ochish va tergov qilishning taktik- metodologik usullari va shu maqsadda qo'llaniladigan ilmiy-texnik vositalar va ularni joriy qilish to'g'risidagi fan. Uning asosiy vazifasi tergov qilishda va jinoyatchilikni ochishda huquqni himoya qiluvchi organlami ilmiy asoslangan usullar, vositalar va metodlar bilan qurollantirishdan iboratdir. Hozirgi kriminalistika tarkibiga kirgan g'oyalar, mulohaza va tavsiyalar juda qadimdan boshlab turli mamlakatlarda jinoyat- chilikka qarshi kurash tajribasida shakllanib kelgan. Bu haqda I.F.Krilovning bir qator asarlarida batafsil bayon qilingan. Shuningdek, nemis olimi Lyudvig fon Yagemann jinoyatlami tergov qilish nazariyasini 1838-yilda «Sud tergovi bo'yicha qo'llanma» kitobida atroflicha yoritib berdi.. XIX asming oxirlarida sud tibbiyoti, jinoyatchilami ro'yxatga olish, ashyoviy dalillami tekshirish va tergov faoliyatining tashkiliy asoslariga e'tibor kuchaydi. «Kriminalistika» atamasi lotincha “kriminal” - jinoyat so'zidan olingan. Birinchi marta XIX asr oxirida avstriyalik oiim _Gans Gross jinoyatning tergov qilish texnikasi, taktikasi va metodikasini o'rganadigan fanga nisbatan shu atamani qo'llagan edi. U jinoyat huquqiga nisbatan kximinalistikani yordamchi fan hisoblab, kriminalistika jinoyat huquqini amalga oshirishga qaratilgan ta'limot, deb atadi (Gross G. Rukovodstvo diya sledovateley как sistema kriminalistiki. 3-izd. SPb. 1908). «Agar tergovchi guvohning ko'rsatuvlarini tushuna olmasa, noto'g'ri baholasa, jinoyatchi qo'llagan usullami bilmasa yoki kriminalistik qoidalar bilan umuman tanish bo'lmasa, barcha urinishlari besamar bo'lib qoladi”, -deb yozadi G.Gross. Kriminalistikani turli mamlakatlarda turlicha nom bilan atashgan: «ilmiy politsiya», «texnik politsiya», «jinoiy texnika» va h.k. 3
Bizning davrimizda ham bu atama bir xilda qo'llanilmaydi. Bir qator mamlakatlarda u kriminalistik texnika ma'nosida ishlatiladi. Kriminalistika tarixi jinoyatni ochish, tergov qiUsh va oldini olish maqsadida tergov amaliyotini o'rganish va umumlashtirish, texnik va tabiiy bilimlardan faol foydalanish asosida shakllandi. Keyingi yuz yillik davomida boshqa fanlar erishgan qator yutuqlar kriminalistikada jinoyatni tergov qilish va ochish maqsadida keng foydalanildi. Kriminalistika maqsadlari uchun mo'ljallangan yoki maxsus tayyorlangan texnik vositalar, usullar va metodlar tizimini yaratish ishlari ancha faollashdi. Fotografiya kashf etilgandan keyin uning umumilmiy va amaliy qoidalaridan iborat kriminalistik texnikaning tarkibiy qismi hisoblangan sud fotografiyasi vujudga keldi. Kimyo va fizika fanlari erishgan yutuqlar hujjatiarni kriminalistik texnika vositalari va metodlari yordamida tadqiq etish; fiziologiya qonunlari dastxatni o'rganish, psixologiya qonunlari so'roq qilish taktikasini tashkil qilish uchun asos yaratib berdi. Ayni vaqtda tergov, sud tajribasini va ekspert amaliyotini o'rganish va o'zlashtirish kriminalistikani alohida fan sifatida tarkib topishiga sabab bo'ldi. Ammo bu fanning tabiati haqida umumiy tushuncha shakllanishi ko'p mashaqqatli bo'lgan. Masalan, XX asr boshlarida bu fanga jinoyatchilikka qarshi kurashda faqat amaliy ahamiyatga ega degan qarashlar oldinga surilgan. Natijada 30-yillaming oxirigacha kriminalistika amaliy texnika fani, degan xato ta'rif amal qildi, bu esa uning nazariyasi rivojlanishiga to'siq bo'ldi va amalda foydalanishga xalaqit bera boshladi. Taniqli oiim JB.M.Shaver 1938-yilda kriminalistikada texnik va taktik ta'limotlar mujassamlangani haqida yozdi va uni har tomonlama asoslashga harakat qildi. 1950-yili A.I.Vinberg kriminalistikaga ta'rif berib, uni jinoyatni ochish va aybdorlami topish, jinoyatning oldini olish usullari qo'llaniladigan; izlash, yig'ishning texnik va taktik usullari, sud dalillarini qayd etish va tadqiq etish to'g'risidagi fan, deb atagan edi. Mazkur ta'rif ba'zi bir to'ldirishlar va o'zgartirishlar bilan bir necha o'n yillar davomida e'tirof etib kelindi. 50-yillar boshida kriminalistika fani yuzasidan keng ravishda bahs-munozaralar natijasida texnik vositalar, texnik usullar va metodlar, jinoiy- protsessual qonunlar tomonidan ko'zda tutilgan harakatlami bajarish uchun mo'ljallangan degan xulosaga kelindi. Shu asosda 4

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.