PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Ma'muriy javobgarlik. Xidoyatov B., Niyozova S., Altiyev R., Xojiyev N. 2019..pdf


0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA YAZIRLIGI TOSHKENT DAYLAT YURIDIK UNIVERSITETI B.XIDOYATOV, S.NIYOZOVA, R.ALTIYEV, N.XOJIYEV MA’MURIY JAVOBGARLIK DARSLIK Toshkent- 2019
UDK: 342.92 (035.3) (575.1) BBK: 67.401 M.34. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 9-fevraldagi 133-sonli buyrug’iga asosan darslik sifatida nashrga tavsiya etilgan. Mualliflar jamoasi B.Xidoyatov (Maxsus qism 2, 3-boblar), S.Niyozova (Umumiy qism va Maxsus qism 1,5,6,7,8,9,10,11,12-boblar RAltiyev (Maxsus qism 4-bob), N.Xojiyev (Maxsus qism 13, 14-boblar). Ma’muriy javobgarlik (Umumiy va Maxsus qism) / Darslik. -T.: TDYU nashriyoti, 2019. 798 bet. Taqrizchilar: 0 ‘zbekiston Respublikasi Sudlar oliy kengashi a’zosi, sudya, y.f.d. Sh. Y. Abduqodirov; Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi dotsent.v.b., y.f.n. X.M.Abzalova Ushbu darslikda ma’muriy javobgarlik fani tushunchasi, predmeti va vazifalari; Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, ulaming vazifalari va asosiy prinsiplari; Ma’muriy huquqbuzarlik va uning yuridik tarkibi; Ma’muriy javobgarlik tushunchasi va xususiyatlari; Ma’muriy jazo choralari tushunchasi, maqsadi va turlari; Ma’muriy jazo qoTlanilishining umumiy qoidalari; Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilovchi davlat organlari va mansabdor shaxslar; Ma’muriy huquqbuzarlikni istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari; Fuqarolaming huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan; Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi; Aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi; Mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; Tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi; Sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi; Qishloq xo‘jaligidagi huquqbuzarlik, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik; Transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi; Fuqarolaming turar joy huquqlariga taalluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi; Savdo tadbirkorlik va moliya sohalaridagi; Jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; Odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; Boshqamvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi va tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlaming huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik kabi masalalar bayon etilgan. Ushbu darslik yuridik oliy o‘quv yurtlarining bakalavr va magistratura yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar va barcha qiziqqan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. B.Xidoyatov, S.Niyozova, R.Altiyev, N.Xojiyev ©TDYU, 2019. 2
So‘zboshi Mamlakatimizning huquqiy poydevorini mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda demokratik fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy jamiyatni barpo etish maqsadida respublikamizning barcha ma’muriy sohalarini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Bu qonunlar xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashda ulkan ahamiyatga ega. Bugungi kunda davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan ichki ishlar idoralari oldida xodimlarning huquqiy bilim darajasini oshirish, xizmat sohasida topshirilgan barcha ishlarni bajarishda qonunlarga og‘ishmay rioya qilish hamda aholi bilan ishlashda ularning yuksak huquqiy savodxonlik darajasini ta’minlash kabi nihoyatda mas’uliyatli va dolzarb vazifalar qo‘yilmoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish har bir xodimning burchidir. “Ma’muriy javobgarlik” (Umumiy va maxsus qismi) darsligida ma’muriy javobgarlik fani tushunchasi, predmeti va vazifalari, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, ularning vazifalari va asosiy prinsiplari, ma’muriy huquqbuzarlik va uning yuridik tarkibi, ma’muriy javobgarlik tushunchasi va xususiyatlari, ma’muriy jazo choralari tushunchasi, maqsadi va turlari; Ma’muriy jazo qoilanilishining umumiy qoidalari; Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilovchi davlat organlari va mansabdor shaxslar; Ma’muriy javobgarlik subyektlarning tasnifi; Ma’muriy huquqbuzarlikni istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari va ushbu darslikning Maxsus qismida alohida turdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik kabi masalalar bay on etilgan. Darslikda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga keyingi yillarda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar inobatga olingan bo‘lib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni yuritish borasidagi sud amaliyoti materiallari ham o‘rin olgan. Kitobxonlar hukmiga havola etilayotgan ushbu darslik respublikamizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolar va tinglovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi degan umiddamiz.

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.