PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari. Ermatov G'. 2024.pdf

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI G‘.O. ERMATOV RASMIY HUJJATLARNI QALBAKILASHTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISH MASALALARI O‘quv qo‘llanma Toshkent – 2024

3 MUNDARIJA KIRISH ..............................................................................................................4 I MAVZU. QALBAKI HUJJATLAR, SHTAMPLAR, MUHRLAR, BLANKALARNI TAYYORLASH VA ULARNI QALBAKILASHTIRISH, SOTISH TUSHUNCHASI VA YURIDIK TAHLILI 1-§. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash va ularni qalbakilashtirish tushunchasi va tarixi .................................5 2-§. Qalbaki hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash va ulardan foydalanish jinoyatining obyektiv belgilari .............................................................................................................9 3-§. Qalbaki hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash va ulardan foydalanish jinoyatining subyektiv belgilari .................................................................................... 20 II MAVZU. QALBAKI HUJJATLARNI TAYYORLASH VA ULARDAN FOYDALANISH JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISH MASALALARI VA XORIJIY TAJRIBA 1-§. Qalbaki hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash va ulardan foydalanish jinoyatining kvalifikatsiya qilish masalalari ............................................................ 31 2-§. Ayrim xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish uchun jinoiy javobgarlik masalasi ............................ 37 Ilovalar ...................................................................................................................... 48
4 KIRISH Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillari mustaqillikni mustahkamlash, hududiy yaxlitligini saqlash, sobiq Ittifoq davridagi maʼmuriy buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimi oʻrniga yan- gi bozor iqtisodiyoti tizimiga oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan boshqaruv tizimini shakllantirish davri boʻldi. Oʻzbekiston mustaqillikning dast- labki oʻn yilligida gʻoyat murakkab yoʻlni bosib oʻtdi. Mamlakat mus- taqilligini taʼminlash, aholining tinchligi va osoyishta hayotini taʼmin- lash bilan birga yangi davr ijtimoiy munosabatlarini shakllantirish yoʻlida jiddiy yutuqlarga erishildi. Mustaqillikdan soʻng Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslan- gan jamiyat qurish yoʻlida bir qancha islohotlar amalga oshirildi va oshirib kelinmoqda. Shunday ekan, bozor iqtisodiyoti tizimiga asos- langan yangi jamiyat qonunlari barcha hujjatlar, fuqarolarning shax- siy hujjatlari (pasport, turli guvohnomalar, oʻquv yurtini tugatganlik toʻgʻrisidagi diplom va shu kabi boshqa shaxsiy hujjatlar)dan tortib davlat idoralari korxona, tashkilot, muassasalarning hujjatlari, qis- qasi, muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod qiladigan barcha rasmiy hujjatlar qonun talablariga mos ravishda tayyorlanishi va qabul qilinishi lozim. Jamiyat taraqqiyotining jadal rivoji davlat siyosatidan tortib to boshqaruv tizimining eng quyi pogʻonasigacha barcha sohalarda ish yuritishning zamon talablariga javob bera oladigan usullari qoʻlla- nishini talab qiladi. Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida mam- lakatimizda mazkur ishlar muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda. Islohotlarni amalga oshirish jarayonida turli shakldagi rasmiy hujjatlarni huquqiy muhofaza qilish, ulardan qonunlarga muvofiq ravishda foydalanishni taʼminlash vazifasi ham muhimligicha qoladi.

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.