PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Ekologiya huquqi (Umumiy qism). Narzullayev O., Nurmatov M. 2024.pdf

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI O.X. NARZULLAYEV, M.M. NURMATOV EKOLOGIYA HUQUQI (UMUMIY QISM) O‘quv qo‘llanma Toshkent – 2024
UО‘K: 349.6(075.8)(575.1) KBK 67.407ya73 N 25 UО‘K: 349.6(075.8)(575.1) KBK 67.407ya73 ISBN 978-9910-788-75-8 © O.X. Narzullayev, M.M. Nurmatov, 2024-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2024-yil. N 25 Oʻquv qoʻllanmada ekologiya huquqi tushunchasi, predmeti, metodi va tizimi, ekologiya huquqi manbalari, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi, ekologik meʼyorlash, standartlashtirish, litsenziyalash va sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari, ekologik nazorat va ekspertizaning huquqiy holati, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmini huquqiy taʼminlash, ekologik-huquqiy javobgarlik masalalari yoritilgan. Mazkur oʻquv qoʻllanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 4-iyuldagi 107-um-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro‘yxatga olish raqami – 107-50). Taqrizchilar: J.T. Xolmoʻminov – y.f.d., prof.; Sh.O. Boboqulov – y.f.n. O.X., Narzullayev, M.M., Nurmatov Ekologiya huquqi (Umumiy qism) [Matn]: oʻquv qoʻllanma / O.X. Narzullayev, M.M. Nurmatov. – T.: TDYU nashriyoti, 2024. – 132 b.
3 MUNDARIJA KIRISH ........................................................................................................................... 4 1-mavzu. Ekologiya huquqi predmeti, metodi va tizimi .......................... 5 2-mavzu. Ekologiya huquqining manbalari ................................................13 3-mavzu. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi ................................24 4-mavzu. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi ......................................38 5-mavzu. Ekologik meʼyorlash, standartlashtirish va sertifikatlashtirish ..............................................................................59 6-mavzu. Ekologiya nazoratining huquqiy holati .....................................72 7-mavzu. Ekologik ekspertizaning huquqiy holati ...................................79 8-mavzu. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishning iqtisodiy-huquqiy mexanizmi .....................86 9-mavzu. Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik ..........................................................................................101 TESTLAR ..................................................................................................................110 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI .......................................129
4 KIRISH Respublikamizda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish jarayonida ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy-huquqiy jihatdan aholining turmush darajasini oshirish ustuvor vazifa sifatida eʼtirof etilmoqda. Ushbu vazifa esa, avvalambor, aholining munosib atrof tabiiy muhitga ega boʻlish huquqi bilan kafolatlanishi lozim, binobarin, tabiat inson va hayot oʻrtasidagi zaruriy hamda ajralmas boʻgʻindir. Inson tabiatning ongli mavjudoti sifatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishi, uning resurslaridan oqilona foydalanishi zarur. Zero, tabiat ustidan hukmronlik qilishga intilish va uni boʻysundirishga urinish insoniyatni ekologik inqiroz yoqasiga keltirib qoʻydi. Insonning har tomonlama uygʻun kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini roʻyobga chiqarishning shart-sharoitlarini va taʼsirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini oʻzgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Bugungi ekologik xavfsizligimizga taʼsir koʻrsatayotgan tahdidlar bizning zimmamizga muhim ekologik-huquqiy xususiyatdagi vazifalarni hal etishdek yuksak va ayni damda dolzarb masʼuliyatni yuklaydi. Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish lozimki, ushbu vazifani hal etishda ekologiya huquqi alohida muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, bu borada ekologiya huquqi umumiy qismi tizimini tashkil etuvchi asosiy tushunchalarni oʻrganish va tahlil qilish atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni taʼminlashda hamda fuqarolarning ekologik huquqlarini kafolatlashda ulkan ahamiyatga ega. Shu jihatdan olib qaraganda, oʻz mazmun-mohiyatiga koʻra bir necha mavzuni mujassamlashtirgan ekologiya huquqining umumiy qismi asosida tayyorlangan oʻquv qoʻllanma talabalarga yaxlit bir butun huquqiy jihatdan mustahkamlangan tizimni ham nazariy, ham amaliy jihatdan oʻrganishga yordam beradi.

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.