Content text Intellektual mulkka qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, Xoliqov F., Otaboyev B, 2024.pdf
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI F.U. XOLIQOV, B.I. OTABOYEV INTELLEKTUAL MULKKA QARSHI JINOYATLARNI KVALIFIKATSIYA QILISH O‘quv qo‘llanma Toshkent – 2024
3 MUNDARIJA KIRISH ...........................................................................................................................4 I MAVZU. MUALLIFLIK VA IXTIROCHILIK HUQUQLARINI JINOIY-HUQUQIY HIMOYA QILISH ASOSLARI 1-§. Mualliflik va ixtirochilik huquqining mazmuni hamda tasnifi .....................................................................................................................6 2-§. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqi hamda jinoiy-huquqiy himoya qilishning nazariy asoslari ....................................................... 11 II MAVZU. MUALLIFLIK YOKI IXTIROCHILIK HUQUQLARI SOHASIDAGI JINOYATLAR TARKIBI VA ULARNI KVALIFIKATSIYA QILISH 1-§. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqiga oid jinoyatlarning obyektiv va subyektiv tomonlari ............................................................ 22 2-§. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqiga oid jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish va javobgarlikni belgilash masalalari ..........28 III MAVZU. MUALLIFLIK YOKI IXTIROCHILIK HUQUQIGA OID MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 1-§. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqiga oid jinoyat qonunchiligini takomillashtirish yoʻllari ............................................. 34 2-§. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqini jinoiy-huquqiy taʼminlashga oid milliy qonunchilikni takomillashtirishda xalqaro tajribaning oʻrni ................................... 41 MANTIQIY SAVOLLAR ....................................................................................... 49 GLOSSARIY .............................................................................................................. 52 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI ....................................... 57
4 KIRISH Intellektual mulkning yuqori darajada himoyalangani mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti va investitsion jozibadorligini oshirishning muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi. Shunga koʻra, intellektual mulk sohasi, yaʼni mualliflik huquqi yoki ixtirochilikda samarali huquqiy muhofaza va himoya tizimini yaratmasdan turib, mamlakatning innovatsion taraqqiyotini taʼminlab boʻlmaydi. Ayni vaqtda mazkur soha rivojlangan xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga katta daromad keltiruvchi sohaga aylanib ulgurgan. Oʻzbekistonda ham barcha jabhalarda boʻlgani kabi mualliflik huquqi yoki ixtirochilik huquqi yoʻnalishida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib, davlat-huquqiy siyosati yuritilayotgan boʻlsa-da, fan, adabiyot, sanʼat va ixtirochilik rivojlanishi bilan bir qatorda, intellektual mulk obyektlari yaratuvchilarining mualliflik huquqi himoyasini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar muammo darajasiga chiqib qolmoqda. Mualliflik huquqi obyektlarining keng foydalanish jarayoni ijtimoiy hayotimizga internetning kirib kelishi bilan oʻzining dolzarbligini yanada oshirdi. Bu esa oʻz-oʻzidan mamlakatimizda ushbu yoʻnalishdagi huquqbuzarlik holatlari hanuzgacha yuqori ko‘rsatkichlarda qolayotganidan darak beradi. AQSh Savdo departamenti tomonidan har yili anʼanaviy tarzda chop etiladigan “301-maxsus maʼruza”da intellektual mulk huquqiga rioya qilish va unga qarshi kurashish sohasidagi huquqbuzarliklar tahliliga eʼtibor qaratilishi1 bejiz emas. AQShda joylashgan Intellektual mulk boʻyicha xalqaro alyans (MAIS) oʻtkazgan tadqiqotlarga koʻra, MDH davlatlarida intellektual mulkning oʻziga xos obyekti hisoblangan birgina EHM dasturlari boʻyicha huquqbuzarlik oqibatida 1998-yilda ichki savdoga 34,1 million AQSh dollari miqdorida zarar keltirilgan, huquqbuzarlik 93 foizga yetgan. EHM uchun dasturlarni qaroqchilik yoʻli bilan ishlab chiqarish MDHning Rossiya Federatsiyasidan boshqa barcha mamlakatlarida 34,1 mln AQSh dollarini tashkil etgan, bu 1998-yilga 1 2020 SPECIAL 301 REPORT. / https://ustr.gov/sites/default/files/2020_Special_301_ Report.pdf