PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Norma ijodkorligini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari.pdf



3 MUNDARIJA KIRISH ...........................................................................................................................4 1. NORMA IJODKORLIGI TUSHUNCHASIGA TURLICHA YONDASHUVLAR .................................................................................................7 2. NORMA IJODKORLIGI FAOLIYATINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI ................................................................................... 22 3. NORMA IJODKORLIGINI MONITORING QILISHNING TASHKILIY-HUQUQIY JIHATLARI .............................................................. 46 4. NORMA IJODKORLIGI FAOLIYATIDA FUQAROLAR ISHTIROKI ............................................................................................................ 50 5. QONUNCHILIK HUJJATLARI LOYIHALARINING HUQUQIY EKSPERTIZASI: NAZARIY-HUQUQIY TAHLIL ....................................... 54 6. NORMA IJODKORLIGIDA KORRUPSIYAGA QARSHI, GENDER-HUQUQIY, IQTISODIY-MOLIYAVIY, LINGVISTIK EKSPERTIZALARINING AHAMIYATI ........................................................ 68 7. NORMA IJODKORLIGI FAOLIYATIDA TO‘G‘RIDAN TO‘G‘RI AMAL QILUVCHI QONUNLARNI ISHLAB CHIQISH MASALALARI ...................................................................................................... 85 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ......................................... 94 ILOVA ........................................................................................................................100
4 KIRISH Soʻnggi yillarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda norma ijodkorligi faoliyatini yanada rivojlantirish yoʻnalishida qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda sud-huquq islohotlari jarayoniga taʼsirini kuchaytirish maqsadida norma ijodkorligi faoliyati sifati tubdan takomillashtirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF–5505-son Farmoni norma ijodkorligi faoliyatiga zamonaviy yondashuv va yangicha mazmun-mohiyat olib kirdi. Xususan, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilishning yangi, demokratik shakllarini joriy etish, qonunchilik bazasini tizimlashtirish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish barqarorligini taʼminlash, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, shuningdek, ularning ijrosi monitoringini takomillashtirish, norma ijodkorligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, norma ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qoʻllash, norma ijodkorligi faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilanib, huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirishni dolzarb etib belgilamoqda1 . Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida “qonun ijodkorligi, avvalo, jamiyatdagi dolzarb masalalar yechimiga qaratilishi kerakligi”ni taʼkidlab oʻtdi2 . 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF–5505-son Farmoni // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5505/1639-son. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisidagi nutqi // URL: https://president.uz/oz/lists/ view/7711

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.