PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Huquq tarixi. Muhamedov H.2023.pdf

v \ TOSHKENT DAVLAT YURIDIK ^ UNIVERSITETI HAYDARALI MUHAMEDOV • у HUQUQ TARIXI 0 ‘quv qo‘llanma
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI HAYDARALI MUHAMEDOV HUQUQ TARIXI O'quv qo'llanma Toshkent 2023
UO‘K: 34(075.8)(575.1) KBK 67g M 96 Mas’ul muharrir: A.X. Saidov - O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, yuridik fanlar doktori, professor Taqrizchilar: M. Utemuradov - yuridik fanlar nomzodi, professor; S.A. Muratayev - yuridik fanlar nomzodi, dotsent. Muhamedov, H.M. M 96 Huquq tarixi [Matn]: o'quv qo'llanma / Haydarali Muhamedov. - T.: TDYU nashriyoti, 2023. - 784 b. Ushbu o'quv qo'llanmada huquq manbalarining paydo bo'lishi va ular- ning qadimgi, o'rta asrlar, yangi va eng yangi davrlarda rivojlanishi xusu- siyatlari, shuningdek, alohida davlatlar huquqining asosiy belgilari kabi masalalar yoritilgan. Unda, xususan, qadimgi davrda Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, Afina, Sparta va Rim, o'rta asrlarda Vizantiya, Franklar davlati, Fransiya, Germaniya, Angliya, Rossiya, Arab xalifaligi, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, yangi va eng yangi davrlarda Angliya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Rossiya, Xitoy va Yaponiyaning huquq tarixi bayon qilingan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va aspirant-tadqiqotchilari uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'iim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqam i233-0787). UO‘K: 34(075.8)(575.1) KBK 67g ISBN 978-9943-9007-7-6 © Muhamedov H.M., 2023-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2023-yil.
KIRISH Hozirgi globallashuv davrida inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlari va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini o'zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Davlat huquqsiz, huquq esa davlatsiz yashay olmaydi. Zero, davlat o'zining tuzilishidan boshlab ichki va tashqi siyosatini qonunlarga asosan amalga oshiradi. Zotan, huquq davlat faoliyatida o'ta muhim mustaqil ijtimoiy voqelik ekan, u insoniyat tarixida, jumladan, bizning mamlakatimizda qanday paydo bo'lgan va rivojlangan, degan savol tug'ilishi tabiiydir. Insonlar o'rtasida sodir bo'ladigan munosabatlarni azaldan odat normalari (me’yorlari), qonunlar tartibga solib kelgan. Ular dastlab yozma bo'lmasdan, balki xalqlar hayotida avloddan avlodga odat normalarida o'tgan va takomillashib borgan. Davlat paydo bo'lishida ana shu manbalar, odat normalarining eng muhim va zarurlari farmon, qonun tarzida yozma ravishda rasmiylashtirilgan hamda ularni barcha fuqarolar bajarishi qat’iy qilib belgilangan. Huquq tarixini bilish hozirgi zamon huquqining mohiyatini anglash va uni kelajakda rivojlantirish istiqbollarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Yangi O'zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilish, o'qitish va ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish ustuvor vazifalardan biridir. Bu esa olimlarimiz zimmasiga tegishli o'quv fanlarining zamonaviy dasturlari va darsliklarini hozirgi davr talabi 3

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.