Content text Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Advokatura. 2024..pdf
UO‘K: 347.965(075.8) -----------------------------------------—— KBK- 67 75va73 I O'zbekiston Respublikasi Oliy s g5 ’ | va o'rta maxsus ta'lim vazirligining | 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli | buyrug'i bilan nashrga tavsiya | etilgan. SUD VA HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR. ADVOKATURA. Darslik. Mualliflar jamoasi. - Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2024-y. - 448 bet. Mualliflar jamoasi: yu.f.d„ prof. Rustambayev M.X. - 1-bob; yu.f.d., prof. Suyunova D.J. - 2-bob; yu.f.d. Said-Gaziyeva N.Sh. - 3-bob; yu.f.b.f.d. (PhD) dotsent Kuchkarov X.Z — 4-bob; yu.f.d„ professor Po'latov B.X. — 5-bob; yu.f.d„ professor Mirazov D.M. - 6-8-boblar; yu.f.n„ dotsent Gaziyev Sh.M. - 9-bob; yu.f.d„ professor Usmanova M.A. - 10-bob; yu.f.b.i.d. (PhD) dotsent Achilov A.T. - U-bob; yu.f.d„ dotsent Axmedova M.T. - 12-bob; yu.f.b.f.d. (PhD) dotsent Nurmuhammedova G.B. - 13-bob; yu.f.d„ dotsent Xayriyev N.I. — 14—16-boblar; yu.f.n„ dotsent Qo‘shayev N.M. - 17-bob. Taqrizchilar: Astanov I.R. — 0‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi kafedra boshlig'i, yuridik fanlar doktori, professor; Zakurlayev A.K. — O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori, yuridik fanlar doktori, professor. Darslik «Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Advokatura» fani bo'yicha o'quv dasturiga muvofiq 0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va zamonaviy adabiyot tahlili asosida tayyorlangan. Darslikda «Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Advokatura» fanining predmeti, asosiy tushunchalari va tizimi; 0‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining tashkil etilishi; O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi; 0‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari; 0‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari; O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi; O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati; Adliya organlari; Bojxona va soiiq organlari; Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi; 0‘zbekiston Respublikasida advo- katlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asos- lari, advokatning kasbiy etikasi, advokatning umumyurisdiksiya sudlaridagi ishtiroki; shuningdek, xorijiy mamlakatlarda sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyatining tashkil etilishi kabi masalalar ochib berilgan. Darslik yuridik oliy o'quv yurtlari va fakultetlari talabalari, ilmiy xodimlar va o‘qituvchilar, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo‘ljallangan. ISBN 978-9910-9896-0-5 © Mualliflar jamoasi, 2024-y. © Yuridik adabiyotlar publish, 2024-y.