PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Shartnoma huquqi.2022.pdf

.■*<>** O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI SHARTNOMA HUQUQI V V** ; - k • Ц - Чч •** i._ i ч .- ч WL^- >-“, ■'€ Ш 1 v- f f ......^ i ^ л т — / Ш Ш ..Л- » ~ IZ
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI SHARTNOMA HUQUQI Darslik TOSHKENT - 2022
KBK-67.9 R-82 O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Kengashining 2022 yil 25 iyun kunidagi majlisida muhokama qilingan va ma’qullangan (Bayonnoma No 10). O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabr kunidagi “O‘quv-uslubiy hujjatlarni tasdiqlash, kelishuvga kiritish hamda o‘quv adabiyotlarini nashr etishga tavsiya berish to‘g‘risida”gi 302-son buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan. Shartnoma huquqi. Darslik / Choriyev M.Sh., Ro‘ziyev R.J., Topildiyev V.R., Muxammadiyev A.A., Nuridullayev A.A., Asqarov N.I., Xomidov E.O., Abdullayev J.D, Norboyev Sh.B. Shartnoma huquqi. Darslik. - Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2022, 631 bet. Mualliflar jamoasi: Ro„ziyev R.J., yuridik fanlar doktori, professor 1, 2-bob, 5-bob 1-11 §; Choriyev M.Sh. yuridik fanlar doktori, professor 3-bob 1-5 §, 4-bob; Muxammadiyev A.A. yuridik fanlar doktori, professor 9-10-boblar; Topildiyev V.R. yuridik fanlar doktori, professor 6-bob; Nuridullayev A.A. yuridik fanlar nomzodi., dotsent 3-bob 6-8 §; Xomidov E.O. yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 8-bob; Asqarov N.I. yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 7-bob 1-2 §; Norboyev Sh.B. 5-bob 12-13 §; Abdullayev J.Dj. 7-bob 3-§. Ushbu darslikda shartnomalar to‘g‘risidagi umumiy tushunchalar, fuqarolik huquqiy shartnomalarni tizimlashtirish, fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzish va shartnoma taraflarining o‘zgarishi, shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari, mulkni topshirishga qaratilgan shartnomalar, ishlarni bajarishga qaratilgan shartnomalar, xizmat ko‘rsatishga qaratilgan shartnomalar, turli tuzilmalarni tashkil etishga qaratilgan (umummaqsadli) shartnomalar, aralash va nomlanmagan shartnomalar, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik, shartnomalarning haqiqiy emasligi va uning huquqiy oqibatlari yoritib berilgan. Darslik “Shartnoma huquqi” fanini o‘rganish va o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar, tinglovchilar, ilmiy xodimlar hamda huquq ijodkorligi faoliyati bilan qiziquvchilarga modjallangan. Taqrizchilar: Usmanova M.A. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori, yu.f.d., professor. Qo„ldoshev N.A. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi “Fuqarolik huquqiy fanlari” kafedrasi boshligd, yu.f.d., dotsent. © O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2022
SOZ BOSHI Mamlakatimiz Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi sifatida qabul qilingan 2022-2026 yillarga modjallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida belgilangan 100 ta maqsad hamda vazifalar ijrosidan kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asosi sifatida shartnomaning odni beqiyos hisoblanadi. Fuqarolik va xo‘jalik muomalasida, shuningdek har qanday ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida, jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik huquqining asosiy instituti bodgan majburiyat hamda shartnoma huquqi, uning tizimi va alohida shartnoma turlari muhim ahamiyatga ega. Fuqarolik huquqi o‘zining asosiy institutlari sifatida mulk huquqi, majburiyat huquqi, vorislik huquqi va intellektual mulk huquqini birlashtiradi. Shartnoma huquqi majburiyat huquqining katta bir qismi hisoblanib, o‘z navbatida, sivilistika tizimining tarkibiy qismlaridan birini tashkil qiladi. Shu sababli shartnoma huquqini tizimli ravishda odganish nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, nazariy ahamiyati shundaki, shartnoma va uning ayrim turlari yaxlitlikda - majburiyat huquqining tarkibiy qismi sifatida turga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Shu nuqtai nazardan, shartnoma munosabatlarini tartibga solishda Fuqarolik kodeksining shartnomalarga doir bodmagan qoidalari ham tatbiq etilishi mumkin. Ikkinchidan, shartnoma huquqi, bir tomondan, fuqarolik huquqining boshqa tizimosti qismlari (institutlari)dan ajratib turadigan, boshqa tomondan, ularga bevosita yoxud bilvosita taalluqli bodgan xususiyatlarga ega. Uchinchidan, shartnoma huquqi ko‘plab unsurlardan (shartnoma guruhlari, turlari, kodinishlari va hokazolar) iborat bodib, ularning har biri 3

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.