PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Ekologiya huquqi. Nishonov A. 2025.pdf



3 KIRISH Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurs- lardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni taʼminlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda. Barcha ekologik muammolar inson bilan tabiat oʻrtasidagi uygʻunlik va muvozanatning buzilishi oqibatida vujudga kelmoqda. Bu borada oʻtkazilgan tahlil natijalari atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat funksiyalarini amalga oshirishda kompleks yondashuv va strategik rejalashtirish yo‘qligi, shuningdek, qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarish uchun tabiatni muhofaza qilish organining vakolatlari yetarli emasligidan dalolat beradi. 2019-yil 30-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishishni taʼminlash maqsadida “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF–5863-sonli Farmoni qabul qilindi. Barqaror rivojlanish maqsadlari – 2012-yilda BMT tomonidan ishlab chiqilgan dastur boʻlib, u har bir inson uchun farovon turmush tarzini yaratishga xizmat qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi. 2015-yil 25–27-sentabr kunlari BMTning 200 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgan sammitda aynan barqaror rivojlanish masalasi kun tartibiga qoʻyildi va yaqin 15 yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi eʼlon qilindi. Mazkur maqsadlar BMTga aʼzo barcha davlatlar tomonidan 2015 – 2030-yillarda amalga oshirilishi kun tartibiga kiritilgan. BRM dasturi 17 ta global maqsadni hamda ular bilan bogʻliq 169 ta vazifani oʻz ichiga oladi: 1) qashshoqlikni yoʻqotish;

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.