PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Sudlanganlik tushunchasi va jinoyat-huquqiy ahamiyati. Toshev O,2024.pdf




4 KIRISH Inson paydo boʻlibdiki, jamiyatda osoyishtalik hukm surishi uchun harakat qiladi. Buni taʼminlash uchun har bir davlat ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda maʼlum bir qonunchilik tizimini ishlab chiqadi va buni oʻz hududida tatbiq etadi. Har qanday davlatning qonunchilik tizimida esa muayyan bir ijtimoiy xavfli harakatlar jinoyat sifatida eʼtirof etib kelinmoqda. Dastlab jinoyatlar uchun jazolar asosan mut- laq sanksiya tarzida boʻlgan, yaʼni bir jinoyat uchun bir jazo. Unda jazoni individuallashtiruvchi va boshqa shu kabi holatlar hisobga olinmagan hamda mavjud boʻlmagan. Bu esa, albatta, hozirgi kunda- gi mavjud insonparvarlik, odillik va boshqa shu kabi prinsiplarga zid holat hisoblanadi. Masalan, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs- ga ham, ikkinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga ham, sodir etgan qilmishining ijtimoiy xususiyatidan qatʼi nazar bir xil jazo belgilangan. U paytda sudlanganlik instituti mavjud boʻlmagan. Bu esa oʻz-oʻzidan shuni koʻrsatadiki, bunday qonunchilik tizi- mida odillik, qonuniylik, qonun oldida fuqarolarning tengligi prinsiplari mavjud boʻlmagan. Shularni inobatga olgan holda jamiyat rivojlanishi bilan jinoyat qonunchiligi ham oʻzgarib bormoqda. Hozirgi zamonaviy jinoyat huquqiga eʼtibor beradigan boʻlsak, jinoyat uchun jazo tayinlashda koʻpgina holatlar hisobga olinadi. Bu holatlar jazoni individuallashtirishda muhim rol oʻynaydi. Jazo tayinlashda hisobga olinadigan holatlar orasida sudlanganlik instituti nafaqat jazoni individuallashtirishda va tayinlashda, balki jinoyat huquqida ham oʻziga xos oʻrni va xususiyatiga ega. Biz, avvalo, Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchilik tizimiga nazar tashlaydigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida sudlanganlik institutiga alohida oʻrin ajratilgan boʻlib, Jinoyat kodeksining 77–80-moddalari sudlanganlik institutiga bagʻishlangan. Milliy qonunchiligimizga sudlanganlik instituti va boshqa jazoni individuallashtirishga oid institutlarning kiritilganidan kelib chiqib aytish mumkinki, Oʻzbekistonning milliy qonunchilik tizimida haqi- qiy fuqarolik jamiyati qurilishida vosita boʻla oladigan bir qancha prinsiplar mavjud. Shunday ekan, Jinoyat kodeksida ham jinoyat sodir etgan shaxs uchun hech qanday adolatsizlik tugʻdirmaydigan, balki shaxsga yengillik beradigan prinsiplar oʻz ifodasini topgan.

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.