Content text Fuqarolik huquqi. 1-qism. 2017.pdf
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI FUQAROLIK HUQUQI DARSLIK I QISM O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oladigan talabalarga darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent – 2017
2 67.404 (5Ў) Ф 98 КБК 67.404 (5Ў) Mualliflar jamoasi: Yuldashev J.I. – yuridik fanlar nomzodi, dotsent – 5-mavzu; Borotov M.X. – yuridik fanlar doktori, dotsent – 6–7-mavzular; Topildiyev B.R. – yuridik fanlar nomzodi, dotsent – 8-mavzu; Imomov N.F. – yuridik fanlar doktori, dotsent – 9–10-mavzular; Ergashev V.Y. – yuridik fanlar nomzodi, dotsent – 11–15-mavzular; Babaev J.I. – yuridik fanlar nomzodi, dotsent – 16–17-mavzular; Roʻzinazarov Sh.N. – yuridik fanlar doktori, professor – 18-mavzu; Oqyulov O. – yuridik fanlar doktori, professor – 1-, 2-, 4-, 20-, 21-mavzular; Oqyulov O., Mehmonov Q. – 3-, 19-, 22-mavzular. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. Mualliflar jamoasi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist, prof. O.Oqyulovning umumiy tahriri ostida. – T.: TDYU nashriyoti, 2017. – 311 bet. Mazkur darslik Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyunda qabul qilingan 1990-son qarorida TDYU oldiga qoʻyilgan vazifalar asosida yozilgan. Mazkur nashr yuridik universiteti, universitetlarning yuridik fakultetlari, huquqshunoslik fani o‘qitiladigan ta’lim muassasalariga darslik sifatida tavsiya etiladi. Ushbu darslikdan sud, prokuratura, advokatura, notariat va boshqa organ xodimlari ham foydalanishlari mumkin. Mas’ul muharrirlar: O.Oqyulov – yuridik fanlar doktori, professor; Sh.Roʻzinazarov – yuridik fanlar doktori, professor; N.Imomov – yuridik fanlar doktori, dotsent. Taqrizchilar: B.Samarxodjayev – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor; V.Topildiyev – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi dotsenti. ISBN 978-9943-380-65-3 © Mualliflar jamoasi. © Toshkent davlat yuridik universiteti.
3 MUNDARIJA KIRISH ...........................................................................................................4 GLOSSARIY ..................................................................................................6 1-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI, TAMOYILLARI VA TIZIMI .....................................................................................................14 2-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQINING MANBALARI.........................33 3-MAVZU. FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABAT ..............................45 4-MAVZU. FUQAROLAR – FUQAROLIK HUQUQINING SUBYEKTI SIFATIDA ......................................................................................................60 5-MAVZU. YURIDIK SHAXSLAR .............................................................76 6-MAVZU. DAVLAT – FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR ISHTIROKCHISI SIFATIDA........................................................................87 7-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQINING OBYEKTLARI .......................98 8-MAVZU. BITIMLAR.................................................................................113 9-MAVZU. VAKILLIK VA ISHONCHNOMA ...........................................125 10-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQIDA MUDDATLAR. DA’VO MUDDATI......................................................................................................138 11-MAVZU. MULK HUQUQI......................................................................154 12-MAVZU. XUSUSIY MULK HUQUQI ...................................................168 13-MAVZU. OMMAVIY (DAVLAT) MULK HUQUQI ............................177 14-MAVZU. UMUMIY MULK HUQUQI ...................................................185 15-MAVZU. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLARNI HIMOYA QILISH..............................................................198 16-MAVZU. MAJBURIYAT HUQUQI TUSHUNCHASI, TIZIMI, VUJUDGA KELISH ASOSLARI..................................................................209 17-MAVZU. MAJBURIYATLARNI BAJARISH........................................224 18-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BAJARISHINI TA’MINLASH............................... ......................................................234 19-MAVZU. FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK..........................248 20-MAVZU. MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK ............................................................................................261 21-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BEKOR BOʻLISHI .....................273 22-MAVZU. SHARTNOMA TOʻGʻRISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR........................................................................................285
4 SO‘ZBOSHI Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilari bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy tartibga solish bilan bevosita bogʻliqdir. Bozor munosabatlariga oʻtish, iqtisodiyotda xususiy mulkning mavqeini oshirish, xususiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng yoʻl ochib berish, bozor infratuzilmasi institutlarini tashkil etish, raqobat muhitini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish ayni kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning qabul qilinishi va unda xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xо‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilishi bugungi kunda mulkiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish izchilligini oshirishning ahamiyatidan dalolat beradi. Darhaqiqat, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot liberallashib, islohotlar chuqurlashmoqda va kishilarning tafakkuri, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksalmoqda, oʻz mulkiy va shaxsiy huquqlarini himoya qilish borasida amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmoqda. Buning natijasida mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tanib boʻlmas darajada oʻzgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda, iqtisodiyoti- mizning raqobatdoshligi oshmoqda1 . Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar fuqarolik huquqi fani oldiga gʻoyatda muhim vazifalarni qoʻymoqda. Ma’lumki, fuqarolik huquqi yurisprudensiyaning asosiy sohalaridan biri 1 Каримов И.А. Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни модернизация қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат. Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 23 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси // Халқ сўзи. 2015 йил 6 декабрь.