PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Iqtisodiy protsesual huquqi. Egamberdiyev D. 2023.pdf

DILSHODJON ALISHEROVICH EGAMBERDIYEV IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQI (savollar va javoblar)
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI DILSHODJON ALISHEROVICH EGAMBERDIYEV IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQI (savollar va javoblar) O'quv qo'IIanma Toshkent - 2023
UO'K: 33(075.8)(575.1) КВК 67.404уа73 Е 18 Taqrizchilar: Ibratova F. - TDYU Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi dotsenti v.b, y.f.n; Avezov Q. - Toshkent viloyati iqtisodiy ishlar bo'yicha Zangiota tumanlararo sudi sudyasi, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD). Egamberdiyev, D.A. E 18 Iqtisodiy protsessual huquqi (savollar va javoblar) [Matn]: o'quv qo'llanma / Dilshodjon Alisherovich Egamberdiyev. - T.: TDYU nashriyoti, 2023. - 320 b. Mazkur o'quv qo'llanmada Iqtisodiy protsessual huquqi moduliga tegishli bo'lgan va o'quv dasturidagi barcha mavzularni qamrab olgan savol-javoblar berilgan. O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual huquqi fanini o'rganish bo'yicha yozilgan mazkur o'quv qo'llanma professor-o'qituvchilar tomonidan o'qitishning interaktiv usullaridan keng miqyosda foydalangan holda ma’ruza va amaliy mashg'ulotlarni qiziqarli va samarali o'tkazishga, talabalarning mavzularni asosiy mazmun-mohiyatini tez anglab olishi ham- da tushunishiga, fuqarolarga huquqiy maslahatlar va boshqa turdagi yuridik yordam ko'rsatishda, olgan bilimlarini amalda qo'llashga yordam beradi. Mazkur o'quv qo'llanma nafaqat talabalar uchun, balki iqtisodiy ishlar bo'yicha sudyalikka nomzodlar, sudyalar, prokuratura xodimlari, advokatlar va keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2020-yil28-dekabrdagi 676-sonli buyrug'iga asosan nashr- ga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami 676-446). UO'K: 33(075.8)(575.1) KBK 67.404ya73 ISBN 978-9943-9298-2-1 © Egamberdiyev D.A., 2023-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2023-yil.
KIRISH Mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar bilan bir qatorda malakali kadrlarni tayyorlashga ham katta e'tibor berib kelinmoqda, 2017-yil 28-apreldagi "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora- tadbirlari to'g‘risida"gi PQ -2932-sonli qaror va 2020-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5987-son Farmonning qabul qilinishi yuqori malakali, raqobatbardosh, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur qaror va farmonda huquqshunoslik yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun zamonaviy darsliklar, o'quv qo'llanmalar yaratish dolzarb ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Shu ma'noda "Iqtisodiy protsessual huquqi (savollar va javoblar)" nomli o'quv qo'llanmasi talabalarni iqtisodiy sud ishlarini yuritishga oid bilim saviyalarini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual ko- deksidan kelib chiqib yozilganligi, o'quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni keng joriy etishga, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni qiziqarli va samarali o'tkazishga, talabalarni mavzularning asosiy mazmun-mohiyatini tez anglab olishi va tushunishiga yordam beradi. Shuningdek, o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qarorlaridan ham savol-javoblarning berilishi ularning bu to'g'risida ma'lumotlar olish va vaqtini tejashga, talabaning o'zini o'zi baholashi va mustaqil ta'lim olishi uchun imkoniyat yaratishi, mavzu bo'yicha muhim 3

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.