PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Jinoyat protsesida dalillar va isbotlash. Kadirova M. 2024.pdf

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI M.X. KADIROVA JINOYAT PROTSESSIDA DALILLAR VA ISBOTLASH O‘quv qo‘llanma Toshkent – 2024


4 KIRISH Mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarda jinoyat-protsessual qonunchiligini izchil takomil- lashtirish, sudgacha va sud bosqichlarini raqamlashtirish, jinoyat ishi oqilona yuritilishini taʼminlash, pirovard natijada inson huquq va qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida tiklanishi va toʻla himoyalanishiga erishishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu esa jinoyat protsessida haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash orqali isbot qilish, axborot xavfsizligini taʼminlashni taqozo etadi. Mazkur oʻquv qoʻllanma yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga oshirishning amaliy ifodasidir. Unda dalil tushunchasi va turlari; dalillar manbalarining turlari; tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan dalil sifatida foydalanish; taqdim qilingan narsalar va hujjatlarni protsessual mustahkamlash, dalillarni saqlash qoidalari; isbot qilish predmeti va doirasi; isbot qilish subyektlari; sud bosqichiga qadar isbot qilish; sud bosqichida isbot qilish; jinoyat ishini tugatishda isbot qilish; xorijiy davlatlar hududida dalillarni toʻplash va ulardan foydalanish masalalari tegishli tartibda alohida mavzularda batafsil yoritilgan. Dalillar va isbotlash asoslarini bilish sud-tergov organlari xodimlarining dalillardan toʻgʻri foydalanishiga, isbotlashda oʻzaro hamkorlikni toʻgʻri tashkil etishga va pirovardida jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligining sezilarli darajada oshishiga sabab boʻladi. Taqdim etilayotgan “Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash” oʻquv qoʻllanmasi Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor- qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi, “Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash moduli doirasida ishlab chiqilgan boʻlib, huquq sohasida taʼlim olayotgan talabalar, magistrlarda isbot qilish va dalillarning

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.