Content text Ekologiya huquqi. Narzullayev O, Nigmatov A. 2025.pdf
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI O. NARZULLAYEV, A. NIGMATOV EKOLOGIYA HUQUQI Darslik Toshkent – 2025
UO‘K: 349.6(075)(575.1) KBK 67.407ya73 N 25 ISBN 978-9910-554-28-5 © O. Narzullayev, A. Nigmatov, 2025 © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2025 N 25 Mazkur darslik milliy ekologik qonunchilikka oid soʻnggi oʻzgarish va qoʻshimchalarni inobatga olgan holda tayyorlangan. Darslikda ekologiya huquqi tushunchasi, predmeti, metodi va tizimi, ekologiya huquqi manbalari, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi, ekologiya sohasida boshqaruv, ekologik meʼyorlash asoslari, ekologik nazorat va ekspertizaning huquqiy holati koʻrsatib oʻtildi. Ekologiya huquqiga doir oʻquv adabiyotlaridan farqli ravishda mavzularni bayon etishda urgʻu huquqshunoslikning oddiy, lekin boʻlgʻusi ekologlar uchun yetarli ravishda maʼlum boʻlmagan jihatlariga eʼtibor qaratilgan. U tahliliy va qiyosiy materiallarga boyligi, savol va topshiriqlar hamda rasm-sxemalar bilan boyitilgani, tavsiya etiladigan normativ hujjat va adabiyotlar tabaqalashgan ravishda berilgani, yaʼni taʼlimning zamonaviy talablari keng koʻlamda qoʻllangani bilan ajralib turadi. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 14-iyundagi 104-um-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro‘yxatga olish raqami – 104-12). Taqrizchilar: J.T. Xolmoʻminov – y.f.d., prof.; Sh.O. Boboqulov – y.f.n. O., Narzullayev, A., Nigmatov Ekologiya huquqi [Matn]: darslik / Olim Narzullayev, Asqar Nigmatov. – T.: TDYU nashriyoti, 2025. – 480 b.