Content text Ijro ishi yuritish. 2019.pdf
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI M.K.O ‘ RAZ ALIYE V IJRO ISHIYURITISH DARSLIK TOSHKENT - 2019
Ushbu darslik 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori bilan yuridik oliy o ‘quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida nashrga tavsiya etilgan ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirining 2019-yil 9-fevraldagi 133-son buyrugi). UDK-.343.1 F.74 BBK.-67.401 U 68 Sarlavhada: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, TDYU. 0 ‘razaliyev Murod Qorayevich. Ijro ishi yuritish. Darslik. - T.: TDYU nashriyoti, 2019. - 239 bet. Taqrizchilar: D.XabibulIayev - TDYU “Fuqarolik protsessual huquqi va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi mudiri; B.PuIatov - 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi professori. Ushbu darslikda ijro ishi yuritish fanining tushunchasi, predmeti va tizimi, 0 ‘zbekistonda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning tashkiliy masalalari, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro etish huquqiy asoslari hamda tartibi, ijro hujjatlarida qo‘yiladigan talablar, ijro ishi yuritishida ishtirok etuvchi shaxslar, ijro hujjatlarini ijroga qaratish tartibi, ulami majburiy ijro etish asosi va choralari, undiruvning qarzdorning mol-mulkiga, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga qaratilishi, mulkiy xususiyatlarga ega bo‘lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish, ijro ishi yuritishning boshqa xususiyatlari, davlat ijrochisining maqomi kabi masalalar yoritib berilgan. Darslik huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha taTim olayotgan talabalarga, shuningdek ijro ishi yuritish bilan qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga moTjallangan. ISBN:978-9943-5900-9-0 © 0 ‘razaliyev Murod Qorayevich, 2019.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-yiIligiga bag‘ishlanadi KIRISH Mamlakatimizda bugungi kunda ijtimoiy hayotning barcha jabhalari kabi sud- huquq sohasida ham islohotlar amalga oshirilyapti. jumladan, ijro ishi yuritishning isloh qilinishi fikrimiz isbotidir. Ijro ishini tashkil etish bilan bog'liq masalalar oxirgi vaqtlaida huquqda eng ko'p muhokama qilinadigan masalalardan biriga aylandi. Bu masala davlat tomonidan fuqarolarning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qay darajada himoya qilinayotganligi samaradorligi muammolarini o'z ichiga oladi. Bu himoya O'zbekiston Rcspublikasi Konstitutsiyasida o'z ifodasini topgan bo'lib. fuqaroning huquq va erkinliklari kafolati sifatida namoyon bo'ladi. Mustaqillikni qo'lga kiritganimizdan keyin respublikamizda huquqiy dcmokratik davlat barpo etish yo'lini tanladik. Huquqiy davlatning asosiy vazifalaridan biri adolatni, jamiyatda qonuniylikni o'rnatish, avvalo, sud qarorlarini te/. va aniq ijro etish kalta ahamiyatga egadir. Ta'kidlash joizki, o'tgan yillar davomida ijro ishi yuritish sohasida bir qator ishku amalga oshirildi. Ijro ishi yuritishni hilish, avvalo, huquqiy normalarning, sud qarorlarining majburiy ijro etilishi uchun hainda ularning hayotda real amalga oshirilishi uchun muhim. Ijro ishi yuritish huquq tizimida alohida o'rin egallaydi. ijro ishi yuritish mustaqil huquq sohasi bo'lib, huquqiy tartibga solish metodi va predmetiga ega. Ijro ishi vuritish fanining predmeti - hu sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish vaqtida vujudga keladigan protsessual munosabatlar hisoblanadi. Ijro ishi yurilish fani majburiy ijro tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi. Darslik ijro ishi yuritish fani bo'yicha talabalaming bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yilgan talablarga muvofiq ishlab chiqilgan. Ijro ishi yuritishga oid darslikning chop etilishi shu bilan bog'liqki, bugungi kunda talabalarda ijro ishi yuritish sohasini nazariy va amaliy jihatdan o'rganish masalalari paydo bo'ldi. Ushbu darslik ijro ishi yuritish fanining tushunchasi, predmeti va tizimi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini davlat ijrochiiari tomonidan majburiy ijro etish huquqiy asoslari hamda tartibi, ijro hujjatlarida qo'yiladigan talablar, ijro ishi yuritishida ishtirok etuvchi shaxslar, ijro hujjatlarini ijroga qaratish tartibi, ularni majburiv ijro etish asosi va choralari, undiruvning qarzdor jismoniy va yuridik shaxsning mol-mulkiga, undiruvni ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratish, mulkiy xususiyatlarga ega bo'Imagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro ctish, ijro ishi yuritishning boshqa xususiyatlari, davlat ijrochisining maqomi kabi masalalami o'z ichiga qamrab olgan. Shubhasiz, darslikni o'rganish orqali talabalar sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish faoliyatini lashkii etish bo'yicha muammolami hal etishda mantiqiy fikrlash ko'nikmalariga, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonun hujjatlarini amaliyotda qo'llash ko'nikmalariga ega bo'ladi. 3