PDF Google Drive Downloader v1.1


Report a problem

Content text Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalari lug'ati.2024.pdf

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI SUD EKSPERTIZASI VA KRIMINALISTIKA ATAMALARI LUG‘ATI Lug‘at Toshkent – 2024
UО‘K: 340.6(030)(575.1) KBK 67.5ya2 S 95 UО‘K: 340.6(030)(575.1) KBK 67.5ya2 ISBN 978-9910-788-50-5 © Mualliflar jamoasi, 2024-yil. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2024-yil. S 95 Mazkur lugʻat jinoyatlarni tizimli shaklda ochish va tergov qilishda keng qoʻllanadigan kriminalistika hamda sud ekspertizasiga oid atama, tushuncha, taʼriflarni oʻz ichiga oladi. Lugʻat oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari talabalari, kursantlar, tinglovchilar, tadqiqotchilar, shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun moʻljallangan. Mazkur lugʻat Toshkent davlat yuridik universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2021-yil 19-noyabrdagi 1-sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan. Tuzuvchilar: A.Sh. Baratov, G.U. Axmedova, O.T. Ganiyev, I.R. Astanov, B.X. Hamidov, B.Z. Karimov, R.K. Abdullayev, D.M. Topildiyeva, C.A. Nupumbetova, T.B. Mamatkulov, X.A. Turabbayev, A.U. Xalilov, N.A. Saliyeva, N.T. Qolqanov, A.R. Bazarova, A.A. Oppokxonov, F.B. Sobirov. Taqrizchilar: T. Hasanov – Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudi sudyasi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD); G. Tulaganova – Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, y.f.d. Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalari lugʻati [Matn]: lugʻat / Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2024. – 132 b.
3 KIRISH Jinoyatlarni tergov qilish va fosh etish nazariyasining asosini tashkil qiluvchi fanlar qatorida sud ekspertizasi va kriminalistika muhim oʻrinni egallaydi. Sud ekspertizasi va kriminalistika jinoyatchilikni ochish hamda tergov qilishning taktik-metodologik usullari hamda shu maqsadda qoʻllanadigan ilmiy-texnik vositalar, ularni joriy qilish toʻgʻrisidagi fandir. Uning asosiy vazifasi tergov qilish va jinoyatchilikni ochishda huquqni himoya qiluvchi organlarni ilmiy asoslangan usullar, vositalar va metodlar bilan qurollantirishdan iborat. Respublikamizda sud ekspertizasi va kriminalistika fanlariga oid bir qator darslik, ilmiy va oʻquv-metodik qoʻllanmalar chop etilgan. Ushbu adabiyotlarda kriminalistikaning barcha boʻlimlari, xususan, kriminalistik texnika, tergov harakatlari taktikasi va jinoyatlarni tergov qilish metodikalari batafsil yoritilgan. Sud ekspertizasi va kriminalistika fanlarida turli sohalarga (ta- biiy, texnik va harbiy fanlar) oid tushuncha va atamalar bilan bir qatorda maxsus – aynan sud ekspertizasi va kriminalistika fanlari- ga doir atamalardan ham foydalaniladi. Sohaga oid maxsus ata- malar turlicha qoʻllangan holatlar ham uchrab turadi. Bu kabi muammolarni bartaraf etish, shuningdek, sud-ekspertlik faoliya- ti sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan, uslubiyot va reglamentlarni takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublika- si Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”- gi PF–6256-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respub- likasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021–2025-yil- larga moʻljallangan Konsepsiyasi”da “Sud ekspertizasi va kriminalis- tika atamalariga oid lugʻat yaratish”1 belgilangan. Yuqoridagi vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida sud ekspertizasi va kriminalistika fanlariga oid asosiy atamalar va 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6256-sonli Farmoni / Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-y., 06/21/6256/0636-son.

Related document

x
Report download errors
Report content



Download file quality is faulty:
Full name:
Email:
Comment
If you encounter an error, problem, .. or have any questions during the download process, please leave a comment below. Thank you.